Birinchi dekabrdan nimalar o‘zgaradi
© SS0 / Unsplash / Waldemar BrandtKalendar na aprel
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda 1-dekabrdan haydovchilar, yoshlar, tashkilotlar uchun yangi qulayliklarni taqdim etuvchi qanday hujjatlar kuchga kirishi haqida materialimizda tanishing.
TOShKENT, 27 noya — Sputnik. O‘zbekistonda 1-dekabrdan haydovchilar, yoshlar, tashkilotlar uchun yangi qulayliklarni taqdim etuvchi bir qator hujjatlar kuchga kiradi. Sputnik materialida mazkur o‘zgarishlar va ularning mazmun mohiyati bilan tanishing.
Qoidabuzar haydovchilar uchun jarima ballari tizimi joriy etiladi
Yo‘l harakati qoidalariga so‘zsiz rioya qilinishini ta’minlash hamda ularni takroran buzish holatlarining oldini olish maqsadida haydovchilarga yo‘l harakati qoidabuzarligi uchun jarima ballarini hisoblash tizimi joriy etiladi.
Unga ko‘ra:
har bir yo‘l harakati qoidabuzarligi uchun 12 oy davomida alohida jarima ballari hisoblab boriladi;
hisoblangan jarima ballari belgilangan miqdordan oshgan hollarda haydovchi ma’lum muddatga transport vositasini boshqarish huquqidan o‘rnatilgan tartibda mahrum qilinadi;
muayan davr mobaynida yo‘l harakati qoidabuzarligi sodir etmagan haydovchilarga keyinchalik hisoblangan jarima ballarini qisqartirish orqali rag‘batlantirish choralari qo‘llaniladi.
MChJning ta’sis shartnomasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bekor qilinadi
Mas’uliyati cheklangan jamiyatlarning ta’sis shartnomasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bekor qilinadi.
Tashkilotlarda ichki auditni tashkil etish:
mas’uliyati cheklangan jamiyatlar;
aktivlarining balans qiymati BHMning 100 ming barobaridan kam, davlat ulushi 50 foiz va undan ko‘p aksiyadorlik jamiyatlari va davlat unitar korxonalari;
mas’uliyati cheklangan jamiyatlar;
aktivlarining balans qiymati BHMning 100 ming barobaridan kam, davlat ulushi 50 foiz va undan ko‘p aksiyadorlik jamiyatlari va davlat unitar korxonalari;
MChJning ta’sis shartnomasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;
MChJning vakillariga umumiy yig‘ilishda ishtirok etish uchun beriladigan ishonchnomani notarial tasdiqlash;
MChJda zaxira jamg‘armasi tashkil etilganda, uning miqdorini ustav fondining kamida 15 foizi etib belgilash.
Uy-joy sotib olish uchun subsidiya ajratish soddalashtiriladi
Yoshlar ishlari agentligi bo‘lim boshlig‘i va aholi bandligiga ko‘maklashish markazi direktorlari subsidiyaga talabgorlarni tanlab olish komissiyalari tarkibidan chiqarib tashlanadi.
Shuningdek, subsidiya olish uchun arizani aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari, Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari, Yoshlar ishlari agentligi bo‘limlari va tuman (shahar) hokimligi tomonidan ko‘rib chiqish tartibi bekor qilinadi.
Bunda mazkur tashkilotlarning ma’lumotlari subsidiya.idm.uz dasturiy ta’minoti orqali avtomatik tarzda shakllantiriladi.
Subsidiya ajratish maqsadida uy-joyga muhtoj fuqarolarni aniqlashning ijtimoiy mezonlari doirasida quyidagilar ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan ayrim shaxslar toifasiga kiritiladi:
yosh oilalar, shu jumladan, 30 yoshdan oshmagan fuqarolar;
olis va chekka hududlardagi budjet tashkilotlariga boshqa hududlardan ishlash uchun kelgan oliy ma’lumotli mutaxassislar va tibbiyot xodimlari.
Taekvondo sport turi rivojlantiriladi
Taekvondoni ta’lim muassasalari hamda yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib qilish orqali ommalashtirish, aholining ushbu sport turiga qiziqish ishlari amalga oshiriladi.
Shuningdek, ta’lim muassasalari, mahallalarda taekvondo bo‘yicha to‘garaklarni tashkil qilinib, “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga kiritilgan oilalar farzandlarining taekvondo bilan shug‘ullanish xarajatlarini qoplab berish tartibi joriy etiladi.
YPX postlarida “yashil” va “qizil” yo‘laklar paydo bo‘ladi
O‘zbekistondagi YPX postlarida "yashil" va "qizil" yo‘lak tizimi joriy etiladi.
Avtotransport vositalarining "Yashil" va "Qizil" yo‘lak tamoyili asosida harakatlanish tartibi Toshkent viloyati Ohangaron tumanida joylashgan "Chinor" va Namangan viloyati Pop tumanida joylashgan "Namangan" yo‘l-patrul xizmati statsionar postlarida joriy etiladi.
Bosqichma-bosqich respublikaning qolgan yo‘l-patrul xizmati statsionar postlarida qo‘llaniladi.