Vladimir Norov Rossiya elchisiga "Xalqlar do‘stligi" ko‘krak nishonini topshirdi
09:10 26.11.2022 (yangilandi: 10:58 26.11.2022)
© Tashqi ishlar vazirligi"Xalqlar do‘stligi" ko‘krak nishoni
© Tashqi ishlar vazirligi
Obuna bo‘lish
Tashqi ishlar vazirligida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Rossiya va O‘zbekiston orasida iqtisodiy diplomatiyani jadallashtirish, savdo, investitsiyalar, bank va moliya sohalarida hamkorlikni kuchaytirishga kelishib olindi.
TOShKENT, 26 noya — Sputnik. Tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov 25-noyabr kuni Rossiya Federatsiyasining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Oleg Malginovni qabul qildi.
Uchrashuv davomida Tashqi ishlar vaziri Malginovga millatlararo do‘stlik va totuvlik muhitini mustahkamlashga qo‘shgan hissasi uchun "Xalqlar do‘stligi" ko‘krak nishonini topshirdi.
Shuningdek, O‘zbekiston - Rossiya iqtisodiy diplomatiyani jadallashtirish, shu jumladan, tovar ayirboshlash ko‘rsatkichlarini yanada oshirish, investitsiyalarni jalb qilish, savdo, energetika, sanoat, metallurgiya, qishloq xo‘jaligi, transport, infratuzilma, bank-moliya sektori va boshqa sohalardagi qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi.
Undan tashqari strategik sheriklik munosabatlarining dolzarb jihatlari muhokama qilindi. Xalqaro va mintaqaviy institutlar doirasidagi tomonlarning o‘zaro hamkorligi yuzasidan fikr almashildi. Turli darajalardagi kelgusi tadbirlar jadvali va ularning kun tartibi ko‘rib chiqildi.
© Tashqi ishlar vazirligi"Xalqlar do‘stligi" ko‘krak nishoni
"Xalqlar do‘stligi" ko‘krak nishoni
© Tashqi ishlar vazirligi