Prezident maktabi o‘quvchisi robototexnika yo‘nalishidagi xalqaro tanlov g‘olibi bo‘ldi - foto

Obuna bo‘lish
O‘zbekistondagi 5ta maktab o‘quvchilari Qozog‘istonda o‘tkazilgan robototexnika yo‘nalishidagi xalqaro tanlovda ishtirok etishdi.
TOShKENT, 26 noya — Sputnik. Prezident maktabi o‘quvchisi Qozog‘istonda o‘tkazilgan robototexnika yo‘nalishidagi xalqaro tanlov g‘olibi bo‘ldi. Bu haqida Prezident ta’lim muassasalari agentligi xabar berdi.
Ostona shahrida 4-25 noyabr kunlari "STEM Olimpiadasi – ta’limda innovatsiyalar” xalqaro olimpiadasi bo‘lib o‘tdi.
Unda jami 250 ta guruh qatnashdi. Ular orasida Toshkent Prezident maktabi o‘quvchisi 1-o‘rinni egalladi.
Andijon va Farg‘ona prezident maktablari ishtirokchilari uchirgan samolyotlar rekord natija ko‘rsatdi.
O‘zbekistondan ishtirok etgan maktablar:
Toshkent shahridagi Prezident maktabi;
Andijon shahridagi Prezident maktabi;
Farg‘ona shahridagi Prezident maktabi;
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi;
Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi.
© Prezident ta’lim muassasalari agentligi
Robototexnika yo‘nalishida xalqaro tanlov  - Sputnik O‘zbekiston
1/4
© Prezident ta’lim muassasalari agentligi
Robototexnika yo‘nalishida xalqaro tanlov  - Sputnik O‘zbekiston
2/4
© Prezident ta’lim muassasalari agentligi
Robototexnika yo‘nalishida xalqaro tanlov  - Sputnik O‘zbekiston
3/4
© Prezident ta’lim muassasalari agentligi
Robototexnika yo‘nalishida xalqaro tanlov  - Sputnik O‘zbekiston
4/4
Yangiliklar lentasi
0