O‘zbekiston va Eron terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashishda hamkorlik qiladi

© O‘zbekiston Bosh prokuraturasi O‘zbekiston va Eron terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashda hamkorlik qiladi
O‘zbekiston va Eron terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashda hamkorlik qiladi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.11.2022
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston delegatsiyasi Tojikistonning Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tgan Yevroosiyo guruhining (YeOG) 37-yalpi majlisida ishtirok etdi.
TOShKENT, 26 noya — Sputnik. O‘zbekiston Bosh prokuraturasi va Eron moliyaviy razvedkasi moliyaviy firibgarlik va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurash bo‘yicha ma’lumotlar almashishga kelishib oldi.
Bosh prokuraturas huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departament ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekiston delegatsiyasi Tojikistonning Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tgan Yevroosiyo guruhining (YeOG) 37-yalpi majlisida ishtirok etdi.
© O‘zbekiston Bosh prokuraturasi O‘zbekiston va Eron terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashda hamkorlik qiladi
O‘zbekiston va Eron terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashda hamkorlik qiladi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.11.2022
O‘zbekiston va Eron terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashda hamkorlik qiladi
Yalpi majlis haftaligi doirasida Eron Moliyaviy razvedka boshqarmasi boshlig‘i Xani Xadi bilan uchrashuv tashkil etildi. Unda jinoiy daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish yo‘nalishida idoralararo hamkorlikni mustahkamlash va yanada kengaytirish masalalari muhokama etildi.
Uchrashuv yakunida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ularga aloqador jinoyatlar yuzasidan ma’lumot almashish bo‘yicha hamkorlik qilish to‘g‘risidagi o‘zaro anglashuv Memorandumi imzolandi.
Yangiliklar lentasi
0