Turizm

Butunjahon halol sammiti: oʻzbekistonlik oshpazlar sovrinli oʻrinlarni qoʻlga kiritishdi

© Turizm va madaniy meros vazirligiOʻzbekiston Oshpazlar uyushmasi jamoasi
Oʻzbekiston Oshpazlar uyushmasi jamoasi  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.11.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Oʻzbekiston Oshpazlar uyushmasi jamoasi 3ta kumush va 1ta bronza medaliga sazovor boʻldi.
TOSHKENT, 26 noya — Sputnik. Turkiyaning Istanbul shahrida boʻlib oʻtayotgan "Butunjahon halol sammiti 2022" doirasida halol taomlar chempionati oʻtkazilmoqda. Unda Oʻzbekiston Oshpazlar uyushmasi jamoasi sovrinli oʻrinlarni qoʻlga kiritdi, deya xabar berdi Turizm va madaniy meros vazirligi.
Butunjahon halol sammitida 80ta davlatdan tadbirkorlik subektlari vakillari, olimlar, ekspertlar, umumiy ovqatlanish sohasi mutaxassislari ishtirok etmoqda.
Sammit tajriba almashinuviga koʻmaklashish, halol mezonlari boʻyicha pazandachilikni rivojlantirishning istiqbolli yoʻnalishlarini aniqlash, kasb mahoratini oshirish, dunyo boʻylab mutaxassislar oʻrtasida tajriba almashish, bu boradagi zamonaviy tendentsiyalarni aniqlashga qaratilgan.
© Turizm va madaniy meros vazirligiOʻzbekiston Oshpazlar uyushmasi jamoasi
Oʻzbekiston Oshpazlar uyushmasi jamoasi  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.11.2022
Oʻzbekiston Oshpazlar uyushmasi jamoasi
Oʻzbekiston Oshpazlar uyushmasi jamoasi quyidagi sovrinli oʻrinlarni qoʻlga kiritdi:
Abu Hurayra Toʻychixoʻjayev – “Zamonaviy oshxona – goʻshtli taom” va “Baliqli taom” nominatsiyalari boʻyicha 2 ta kumush (ikkinchi oʻrin);
Elerbek Mirbaboyev – “Zamonaviy oshxona – goʻshtli taom” nominatsiyasi boʻyicha ikkinchi oʻrin (kumush);
Shohruzxon Ibragimov – “Baliqli taomlar” nominatsiyasida uchinchi oʻrin (bronza).
Aytilishicha, sammit bilan bir vaqtda “Halal Expo 2022” koʻrgazmasi ham boʻlib oʻtmoqda. Unda umumiy ovqatlanish bozoridagi eng yangi texnologiyalar namoyish etilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0