Toshkentda uchta xalqaro ko‘rgazma ish boshladi - video

Obuna bo‘lish
UzAgroExpo, UzProdExpo va InterRackExpo ko‘rgazmalarida Rossiyaning 10 dan ortiq hududdan kompaniyalar ishtirok etmoqda.
TOShKENT, 25 noya — Sputnik. Toshkentda bir vaqtning o‘zida uchta xalqaro ko‘rgazma – UzAgroExpo, UzProdExpo va InterRackExpo o‘z ishini boshladi.
Ko‘rgazmalarda 20 mamlakatdan 160 dan ortiq kompaniya o‘z mahsulotlarini namoyish etmoqda: qishloq xo‘jaligi texnikasi, oziq-ovqat mahsulotlari, ularni ishlab chiqarish uchun ingrediyentlar, qadoqlash uskunalari va boshqalar.
Rossiya nomidan ko‘rgazmalarda 10 dan ortiq mintaqalardan kattagina delegatsiya ishtirok etmoqda.
Vakillik qilayotgan Rossiya kompaniyalarining aksariyati allaqachon O‘zbekistonda tajribaga ega, biroq ba’zilari o‘z mahsulotlarini ilk bor shu yerda namoyish etmoqda va O‘zbekiston bozoriga kirish istagida.
Ko‘rgazma qanday o‘tapti va rus ishlab chiqaruvchilari o‘zlari bilan nimalar olib kelishgani bilan bizning videomizda tanishing.
Yangiliklar lentasi
0