Onkologiya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.01.2022
Bu qiziq
Ushbu ruknimizda ilm-fan, inson sog‘ligi, foydali va zararli oziq-ovqatlar, parhez taomlar, shifokorlar maslahati va boshqa barcha uchun qiziqarli ma’lumotlar bor.

Shifokor quyultirilgan sutning foydali xususiyatlarini aytdi

© Sputnik / Nikolay Xijnyak / Mediabankka o‘tishProizvodstvo morojenogo "Korovka iz Korenovki"
Proizvodstvo morojenogo Korovka iz Korenovki - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.11.2022
Obuna bo‘lish
Garchi ushbu mashhur desert tarkibida shakar ko‘p bo‘lsada, ammo meyorda iste’mol qilinganda salomatlik uchun foydali ham bo‘lishi mumkin
TOShKENT, 26 noya - Sputnik Parhezshunos Aleksandra Razarenovaning aytishicha, ko‘pchilikning sevimli shirinligi bo‘lgan quyultirilgan sut - “sgushonka” agar meyorda iste’mol qilinsa, salomatlik uchun foydali bo‘lishi mumkin.
“Quyultirilgan sut ishlab chiqarishda- 60 gradusdan ko‘p va uzoq vaqtga qaynatiladi. Bu unda foydali moddalar konsentratsiyasini oshiradi. Masalan, unda kalsiy ko‘p. Yoki, aytaylik, yog‘lar va A, E, D vitaminlari tufayli quyultirilgan sut yaxshi hazm bo‘ladi. Undagi fosfor va yog‘li kislotalar miya faoliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi”, - deydi shifokor.
Qolaversa, uning tarkibida aminokislotalar bor va bu “baxt gormoni” - serotonin moddasini ishlab chiqarishda kerak bo‘ladi.
Bundan tashqari, mutaxassis quyultirilgan sut xarid qilishda nimalarga e’tibor berish kerakligini aytdi.
“Albatta, tarkibiga. Bu, shubhasiz, tabiiy sut va shakardan tayyorlangan mahsulot bo‘lishi kerak. Unda quruq sut yoki sut yog‘lari o‘rnini bosuvchi moddalar bo‘lmasligi lozim”, - deya tavsiya qiladi mutaxassis.
Shuningdek, uning so‘zlariga ko‘ra, ortiqcha vazn, qandli diabet, laktoza hazm qila olmaslik holatlarida quyultirilgan sutni iste’mol qilmagan ma’qul.
Quyultirilgan sutni asosiy ovqatdan 20-40 daqiqa o‘tgandan so‘ng desert sifatida iste’mol qilish mumkin.
Yangiliklar lentasi
0