Shavkat Mirziyoyev Zarafshonda oyna ishlab chiqarish korxonasini ishga tushirdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev
Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.11.2022
Obuna bo‘lish
Korxonaning yillik ishlab chiqarish quvvati 12 million kvadrat metr. Mahsulotlar import o‘rnini bosish bilan birga eksportga ham mo‘ljallangan.
TOShKENT, 25 noya - Sputnik. Shavkat Mirziyoyevning Navoiy viloyatiga tashrifi chog‘ida “Zarafshon oyna” korxonasi ishga tushirildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev ramziy tugmani bosib, “Zarafshon oyna” korxonasini ishga tushirdi.
Hozirgacha bunday korxonalar Farg‘ona va Jizzaxda bor edi. Mana, ularning safiga yangi barpo etilgan, keng turdagi mahsulotlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Zarafshon oyna” korxonasi ham qo‘shilmoqda. U kelgusida yanada rivojlanib, xalqimizga xizmat qilishiga ishonamiz, - dedi Shavkat Mirziyoyev.
Korxonaning yillik ishlab chiqarish quvvati 12 million kvadrat metr. Mahsulotlar import o‘rnini bosish bilan birga eksportga ham mo‘ljallangan. Bu yerda 700 kishi ish bilan ta’minlangan.
Ma’lumki, oyna sanoat, qurilish va maishiy hayotda eng ko‘p ishlatiladigan mahsulotlardan. O‘zbekistonda oynaga bo‘lgan talab yiliga 38 million kvadrat metr. Navoiy viloyati esa pardozbop tosh, kvars qumi, bazalt va kaolin zaxiralariga boy. Shu bois prezident 2018-yilda viloyatga tashrifi chog‘ida oyna ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ko‘rsatma bergan edi. Bugunga kelib, 250 million dollarlik ushbu loyiha hayotga ko‘chdi.
Yangiliklar lentasi
0