Ro‘yxatidan o‘tgan tadbirkorlar bir vaqtning o‘zida birja tizimida akkreditatsiyalanadi
© Sputnik / Aleksey Filippov / Mediabankka o‘tishEkran, transliruyushiy birjevie grafiki i diagrammi
© Sputnik / Aleksey Filippov
/ Obuna bo‘lish
Prezident tomonidan qabul qilingan yangi qaror bilan, tadbirkorlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yishda ularni bir vaqtning o‘zida birja tizimida akkreditatsiyadan o‘tkazish tartibi belgilandi.
TOShKENT, 25 noya — Sputnik. Tadbirkorlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bilan bir vaqtning o‘zida birja tizimida akkreditatsiyalanadi. Bu haqida prezident tomonidan qabul qilingan PQ–430-sonli qarorda nazarda tutilgan.
Qarorga ko‘ra, tadbirkorlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yishda ularni bir vaqtning o‘zida birja tizimida akkreditatsiyadan o‘tkazish tartibi joriy etiladi.
Endilikda xorijiy yetkazib beruvchilar tomonidan davlat xaridlari tizimida ishtirok etish uchun majburiy tartibda elektron raqamli imzo olish talabi bekor qilinadi.
Hujjatda tadbirkorlarning yuqori likvidli va monopol bo‘lmagan mahsulotlarini birja savdolari orqali sotish uchun istiqbolli tovarlar seksiyasi tashkil etilishi ham nazarda tutilgan.
Tadbirkorlarga, o‘z xohishiga ko‘ra, birjadan tashqari tuzilgan shartnomalar bo‘yicha birjaning hisob-kitob-kliring tizimi orqali kafolatli hisob-kitob xizmatidan foydalanish imkoniyati yaratiladi.
2022 yil 1-dekabrdan 2024-yil 1-yanvargacha quyidagi tovarlar ichki bozorda faqat birja savdolari orqali realizatsiya qilinadi:
monopol va davlat ishtirokidagi tashkilotlar tomonidan ishlab chiqarilgan po‘lat shar, metall list prokati, suyuq uglerod oksidi, texnik kislorod, kaustik soda, neft koksi, sintetik nafta, barda – ishlab chiqarish hajmining 100 foizi;
monopol bo‘lmagan va ustav fondida davlat ulushi 50 foizdan kam bo‘lgan yoki davlat ulushi mavjud bo‘lmagan yuridik shaxslar tomonidan ishlab chiqarilgan:
metall list prokati va sement – ishlab chiqarish hajmining kamida 50 foizi;
paxtadan olingan chigit, paxta moyi (ekstraksiya paxta moyi), qayta ishlangan chigit chiqindilari (shrot, sheluxa) va iste’mol etil spirti – ishlab chiqarish hajmining 100 foizi.
Shuningdek, mahsulotlarni “forvard” bitimlari asosida sotish tartibi birja savdolari orqali tuziladigan eksport-import shartnomalariga nisbatan ham qo‘llaniladi.