Rossiyalik xoreograf talabalar uchun mahorat darsi o‘tkazdi

Obuna bo‘lish
Xoreograf Igor Pivorovich mahorat darsida talabalarga zamonaviy raqsni ijro etish bo‘yicha nazariy va amaliy mashg‘ulotlar olib bordi.
TOShKENT, 25 noya — Sputnik. O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida Rossiyada xizmat ko‘rsatgan artist Igor Pivorovich ishtirokida ijodiy uchrashuv va mahorat darslari tashkil etildi.
Zamonaviy raqs o‘ziga xos atmosfera va texnika bilan birlashtirilgan raqs yo‘nalishlari va uslublarining to‘plami hisoblanadi. Xoreograf mahorat darsida talabalarga zamonaviy raqsni ijro etish bo‘yicha nazariy va amaliy mashg‘ulotlar olib bordi.
Ma’lumot uchun, Igor Pivorovich Moskva davlat madaniyat instituti xoreografiya fakulteti dekani hisoblanadi.
Pivorovich 2018-yilda Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatri taklifiga binoan, Rossiya xalq artisti Andris Liyepa bilan Toshkentga kelgan edi. Ular Davlat akademik katta teatrida "Shaxerezada" va “Olovli qush”ning bir pardali baletlarini sahnalashtirishgan.
© O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi
Igor Pivorovich ishtirokida mahorat darslari  - Sputnik O‘zbekiston
1/4
© O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi
Igor Pivorovich ishtirokida mahorat darslari  - Sputnik O‘zbekiston
2/4
© O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi
Igor Pivorovich ishtirokida  mahorat darslari - Sputnik O‘zbekiston
3/4
© O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi
Igor Pivorovich ishtirokida  mahorat darslari - Sputnik O‘zbekiston
4/4
Yangiliklar lentasi
0