Normat Tursunov Navoiy viloyati hokimi bo‘ldi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaNormat Tursunov
Normat Tursunov  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.11.2022
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev Xalq deputatlari Navoiy viloyati Kengashi sessiyasida ishtirok etdi.
TOShKENT, 25 noya — Sputnik. Normat Tursunov Navoiy viloyatining hokimi etib tasdiqlandi. Bu haqida Shavkat Mirziyoyev ishtirokida o‘tkazilgan Xalq deputatlari Navoiy viloyati Kengashi sessiyasida ma’lum qilindi.
Kengashda Navoiy viloyati hokimini tayinlash masalasi ovozga qo‘yildi. Ovozga qo‘yish natijalariga ko‘ra, Normat Tursunov Navoiy viloyatining hokimi etib tasdiqlandi.
Yangi hokim bugundan boshlab o‘zining o‘rinbosarlari, tuman va shaharlar hokimlari, sektor rahbarlari, faollar, tadbirkorlar va yoshlarni birlashtirib, har bir tuman va shaharni, qishloq va mahallani rivojlantirish choralarini ko‘rishi lozimligi ta’kidlandi.
Ma’lumot uchun, Normat Tursunov o‘tgan yili prezident farmoni bilan Navoiy viloyati hokimi vazifasini bajaruvchisi etib tayinlangandi.
U 2015-yildan 2017-yilga qadar Navoiy viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan. Shuningdek, 2017−2018 yillarda Davlat soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari vazifasida o‘z faoliyatini olib borgan.
Yangiliklar lentasi
0