NATO Ukraina uchun sovet o‘q-dorilarini ishlab chiqarishni ko‘paytirdi

© Foto : NATOShtab-kvartira NATO v Brussele
Shtab-kvartira NATO v Brussele - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.11.2022
Obuna bo‘lish
NATOning ba’zi davlatlari saqlanib qolgan sovetcha harbiy ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirdi.
TOShKENT, 25 noya — Sputnik. Sovet davridagi harbiy ishlab ishlab chiqarish quvvatlarini saqlab qolgan ba’zi NATO davlatlari hali ham Sovet davridan qolgan ko‘plab artilleriyaga ega Ukraina uchun ehtiyot qismlar va o‘q-dorilar ishlab chiqarishni ko‘paytirishga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.

“(O‘q-dorilar) ishlab chiqarish ko‘paydi. NATO a’zolari Sovet davridan qolgan asbob-uskunalar va o‘q-dorilarni ishlab chiqarishni qisman ko‘paytirishga muvaffaq bo‘lishdi, bu juda favqulodda va zarur, chunki Ukrainada hali ham Sovet davridan qolgan ko‘plab artilleriya mavjud. Ularga o‘q-dorilar va ehtiyot qismlar kerak. Ko‘pgina ittifoqchilarimiz ishlab chiqarish quvvatlarini saqlab qolgan”, - deydi u.

Stoltenberg, shuningdek, Ukrainaga NATO standartidagi qurollar, jumladan, havo hujumidan mudofaa tizimlarini yetkazib berish NATO va Ukraina armiyalarining o‘zaro hamkorligini oshirishini ta’kidladi.
Avvalroq Rossiya Ukrainaga qurol yetkazib berilgani uchun NATO davlatlariga nota yuborgan edi. Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Ukraina uchun qurol ortilgan har qanday yuk Rossiya uchun qonuniy nishonga aylanishini qayd etdi. Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vazirligi NATO davlatlari Ukrainaga qurol yetkazib berish orqali “o‘t bilan o‘ynamoqda”, deb ta’kidladi.
Rossiya prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov Ukrainaga G‘arbdan qurol-yarog‘ yetkazib berish Rossiya-Ukraina muzokaralarining muvaffaqiyatiga hissa qo‘shmasligi va salbiy ta’sir ko‘rsatishini ta’kidladi.
Yangiliklar lentasi
0