https://oz.sputniknews.uz/20221125/maqsadimiz-inklyuziv-talimni-rivojlantirish---rossiyalik-mutaxassis-30250260.html
Maqsadimiz inklyuziv ta’limni rivojlantirish - rossiyalik mutaxassis
Maqsadimiz inklyuziv ta’limni rivojlantirish - rossiyalik mutaxassis
Sputnik O‘zbekiston
TOshkentdagi inklyuziv ta’limga bag‘ishlangan anjumanda Rossiya, Qozog‘iston, Turkiya, Buyuk Britaniya kabi davlatlardan ma’ruzachilar ishtirok etishdi. 25.11.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-11-25T19:20+0500
2022-11-25T19:20+0500
2023-04-05T18:42+0500
jamiyat
hamkorlik
ta’lim
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0b/19/30251016_0:120:1280:840_1920x0_80_0_0_3772ff513782dd9eafecc8513f3da2fa.jpg
TOShKENT, 25 noya - Sputnik. Toshkentda, O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida xoreograf-pedagog Shahzoda Xudoynazarovaning “Xoreografiya san’ati orqali imkoniyati cheklangan bolalarning jamiyatdagi faolligini oshirishga qaratilgan multimedia mahsulotini yaratish” loyihasi asosida xalqaro konferensiya tashkil etildi.Unda Rossiya, Qozog‘iston, Turkiya, Buyuk Britaniya kabi davlatlardan ma’ruzachilar ishtirok etishdi.Xalqaro konferensiya o‘zbek, rus va ingliz tillarida olib borildi.“Davlat tomonidan imkoniyati cheklangan bolalarga moddiy-ma’naviy yordam beriladi, ammo ularning qalbi ham ko‘mak istaydi. Mazkur doyiha aynan “qalbi yarim”bo‘lgan imkoniyati cheklangan bolalarning iste’dodini yuzaga chiqarishga qaratilgan. Musiqa va raqs bolalarning qalb jarohatlarini davolaydi”, dedi O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, jurnalist Muslimbek Yo‘ldoshev.Imkoniyati cheklangan bolalarga ritmik va xoreografik fanlarni o‘qitish, jismoniy mashqlar bajarish orqali nogiron bolalarni jismonan va ruhan salomatlikni ta’minlaydi.“Nogiron bolalarga dars berish jarayonida ularda pozitivlik va motivatsion kayfiyatni oshganligini kuzatdim. Musiqa va raqs nogiron bolaning o‘zidagi nuqsonni unutishga yordam beradi. Demak loyihamizning taraqqiyoti hali oldinda”, dedi xoreograf-pedagog Shahzoda Xudoynazarova.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0b/19/30251016_0:0:1280:960_1920x0_80_0_0_d1f6838b50c7136351d094e935cb415c.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, hamkorlik, ta’lim, rossiya
jamiyat, hamkorlik, ta’lim, rossiya
Maqsadimiz inklyuziv ta’limni rivojlantirish - rossiyalik mutaxassis
19:20 25.11.2022 (yangilandi: 18:42 05.04.2023) TOshkentdagi inklyuziv ta’limga bag‘ishlangan anjumanda Rossiya, Qozog‘iston, Turkiya, Buyuk Britaniya kabi davlatlardan ma’ruzachilar ishtirok etishdi.
TOShKENT, 25 noya - Sputnik. Toshkentda, O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida xoreograf-pedagog Shahzoda Xudoynazarovaning “Xoreografiya san’ati orqali imkoniyati cheklangan bolalarning jamiyatdagi faolligini oshirishga qaratilgan multimedia mahsulotini yaratish” loyihasi asosida xalqaro konferensiya tashkil etildi.
Unda Rossiya, Qozog‘iston, Turkiya, Buyuk Britaniya kabi davlatlardan ma’ruzachilar ishtirok etishdi.
“Maqsadimiz inklyuziv ta’limni rivojlantirish va O‘zbekiston bilan o‘zaro hamkorlikda yangi innovatsion loyihalarni ishlab chiqishdir. Biz Farg‘ona va Qo‘qon shaharlarida bo‘lib, qobiliyatli imkoniyati cheklangan bolalarni ko‘rdik va ularga sifatli ta’lim berilayotgani bizni quvontirdi”, - dedi Rossiyaning Chelyabinsk davlat madaniyat instituti xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i Lyubov Nikolayeva.
Xalqaro konferensiya o‘zbek, rus va ingliz tillarida olib borildi.
“Davlat tomonidan imkoniyati cheklangan bolalarga moddiy-ma’naviy yordam beriladi, ammo ularning qalbi ham ko‘mak istaydi. Mazkur doyiha aynan “qalbi yarim”bo‘lgan imkoniyati cheklangan bolalarning iste’dodini yuzaga chiqarishga qaratilgan. Musiqa va raqs bolalarning qalb jarohatlarini davolaydi”, dedi O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, jurnalist Muslimbek Yo‘ldoshev.
Imkoniyati cheklangan bolalarga ritmik va xoreografik fanlarni o‘qitish, jismoniy mashqlar bajarish orqali nogiron bolalarni jismonan va ruhan salomatlikni ta’minlaydi.
“Nogiron bolalarga dars berish jarayonida ularda pozitivlik va motivatsion kayfiyatni oshganligini kuzatdim. Musiqa va raqs nogiron bolaning o‘zidagi nuqsonni unutishga yordam beradi. Demak loyihamizning taraqqiyoti hali oldinda”, dedi xoreograf-pedagog Shahzoda Xudoynazarova.