Istanbuldagi aksilterror operatsiyasida 18 kishi qo‘lga olindi

© AFP 2023 / Ozan KoseTureskie politseyskie v Stambule, arxivnoe foto
Tureskie politseyskie v Stambule, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.11.2022
Obuna bo‘lish
Bir vaqtning o‘zida 20 ta manzilda tezkor tadbir o‘tkazilib, 18 kishi hibsga olindi.
TOShKENT, 25 noya — Sputnik. Turkiyaning Istanbul shahrida IShID* va “Al-Qoida”* terrorchilik guruhlari a’zolariga qarshi o‘tkazilgan aksilterror operatsiyasi davomida 18 nafar gumondor qo‘lga olindi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.
“Istanbul Xavfsizlik boshqarmasining terrorizmga qarshi kurash bo‘limi guruhlari qurolli terrorchilik tashkilotlari a’zolari va to‘qnashuv zonalari bilan aloqador shaxslarni qo‘lga olish uchun operatsiya boshladi.
Guruhlar 12 ta tumanda tashkilotlar bilan aloqada bo‘lgan, mojaro zonalarida aksiya va tadbirlar o‘tkazayotgan, shuningdek, mojaro zonalariga borish yo‘llarini qidirayotgan gumondorlarning manzillarini aniqladi”, deyiladi xabarda.
Bir vaqtning o‘zida 20 ta manzilda tezkor tadbir o‘tkazilib, 18 kishi hibsga olingan. Hozirda qo‘lga olingan gumondorlarni so‘roq qilish davom etmoqda.
*Rossiyada ta’qiqlangan terrorchi guruhlar
Yangiliklar lentasi
0