Indoneziyada zilzila qurbonlari 300 nafardan oshdi

© AP Photo / Rangga FirmansyahPosledstviya zemletraseniya v provinsii Zapadnaya Yava, Indoneziya
Posledstviya zemletraseniya v provinsii Zapadnaya Yava, Indoneziya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.11.2022
Obuna bo‘lish
Qutqaruvchilar bedarak yo‘qolganlarning jasadlarini topishi bilan qurbonlar soni ortmoqda.
TOShKENT, 25 noya — Sputnik. Indoneziyaning Chianjur shahrida sodir bo‘lgan 5,6 magnitudali zilzila qurbonlari soni 310 kishiga yetdi. Bu haqda RIA Novosti “Detik” nashriga asoslanib, xabar bermoqda.
“Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, 310 kishi halok bo‘lgan, 24 kishi bedarak yo‘qolgan deb hisoblanyapti”, - dedi Indoneziya tabiiy ofatlarga qarshi kurash xizmati rahbari Suxaryanto bugun, 25-noyabr kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida.
Eslatib o‘tamiz, 21-noyabr, dushanba kuni G‘arbiy Yava provinsiyasining Chianjur okrugining janubi-g‘arbiy qismida 5,6 magnitudali zilzila sodir bo‘lgandi.
Avvalroq zilzila 268 kishining hayotiga zomin bo‘lgani xabar qilingandi, biroq qutqaruvchilar bedarak yo‘qolganlarning jasadlarini topishi bilan bu raqam ortib bormoqda. Tabiiy ofat oqibatida 2300 dan ortiq uy butunlay vayron bo‘lgan yoki jiddiy zarar ko‘rgan.
Yangiliklar lentasi
0