Fuqarolar DXM orqali statistika ma’lumotlarini olishi mumkin bo‘ladi - yangi qaror

© Unsplash / HelloquenceRabota za kompyuterom
Rabota za kompyuterom - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.11.2022
Obuna bo‘lish
Taqdim etiladigan har bir statistik ma’lumotni shakllantirish uchun BHMning 0,08 foizi miqdorida yig‘im undiriladi.
TOShKENT, 25 noya — Sputnik. Statistika ma’lumotlarini davlat xizmatlari markazlari orqali olish imkoniyati yaratiladi. Bu haqida Hukumatning 672–sonli qarori bilan tasdiqlangan ma’muriy reglamentda nazarda tutilgan.
Reglamentga ko‘ra, fuqarolar mazkur davlat xizmati doirasida statistika dasturi va faoliyatida yuritiladigan statistik tasniflar asosida shakllantiriladigan ma’lumotlar, shuningdek ochiq manbalarda e’lon qilinadigan ma’lumotlarni olishi mumkin.
Quyidagilar davlat xizmatini ko‘rsatishni rad etish uchun asos bo‘ladi:
tarkibida davlat sirlari va qonunchilik bilan qo‘riqlanadigan boshqa sir bo‘lgan, shuningdek individual ma’lumotlarni so‘rash;
shakllantirilishi statistika dasturida nazarda tutilmagan yoki shakllantirish muddati hali kelmagan statistika ma’lumotlarini so‘rash.
Davlat xizmatini ko‘rsatishni boshqa asoslar bo‘yicha rad etish taqiqlanadi.
Davlat xizmati doirasida olingan statistika ma’lumotlarini tarqatishda (qayta chop etishda) ma’lumot olingan manbaga majburiy tartibda havola berilishi shart.
Taqdim etiladigan har bir statistik ma’lumotni shakllantirish uchun BHMning 0,08 foizi miqdorida yig‘im undiriladi.
Yangiliklar lentasi
0