Besh yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘limi ikki baravar kamaydi

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka o‘tishPerinatalniy sentr
Perinatalniy sentr - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.11.2022
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda yosh bolalar orasida o‘lim ko‘rsatgichlari kamaymoqda.
TOShKENT, 25 noya — Sputnik. O‘zbekistonda so‘nggi 15-yil ichida bolalarning 5 yoshga to‘lmasdan vafot etish holatlari ikki baravar kamaydi. Bu haqida Statistika qo‘mitasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, hozirda 5 yoshga to‘lmasdan vafot etish ko‘rsatkichi har 1000 nafar yangi tug‘ilgan chaqaloqqa nisbatan 25 tani tashkil etmoqda, shundan 17 nafari tug‘ilgandan so‘ng dastlabki 4 hafta ichida vafot etadi. Bu ko‘rsatkich 2006-yilda o‘tkazilgan MIKS natijalarida 57 nafarni tashkil etgan.
O‘tkazilgan tadqiqot natijasida quyidagilar ham aniqlandi:
40 foiz ayollar tug‘ruqdan so‘ng bir soat ichida farzandini ko‘krak suti bilan oziqlantirgan;
har 4 chaqaloqdan faqat bittasi 6 oygacha faqat ona suti bilan oziqlangan;
21 foiz tug‘ruqlar "kesarcha kesish" jarrohlik amaliyoti yordamida amalga oshirilgan;
7 foiz bolalarning 5 yoshiga qadar bo‘yi o‘sishdan ortda qolgan. Bu ko‘rsatkich 2006-yilgi kuzatuv natijalariga (14,6 foizi) nisbatan 2 barobarga pasaygan.
Ma’lumot uchun, tadqiqot 2021-2022 yil davomida shahar va qishloqlarda o‘tkazilgan va 15 059 ta xonadon qamrab olingan. Unda jami 17 610 nafar respondent ishtirok etgan.
Yangiliklar lentasi
0