https://oz.sputniknews.uz/20221124/xitoyda-covid-19-bilan-kasallanish-boyicha-rekord-qayd-etildi--30224236.html
Xitoyda COVID-19 bilan kasallanish bo‘yicha rekord qayd etildi
Xitoyda COVID-19 bilan kasallanish bo‘yicha rekord qayd etildi
Sputnik O‘zbekiston
Xitoy shaharlarida koronavirus tarqalishini to‘xtatish uchun cheklovlar joriy qilinmoqda. 24.11.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-11-24T17:40+0500
2022-11-24T17:40+0500
2022-11-24T17:40+0500
dunyoda
covid-19 umumjahon pandemiyasi
xitoy
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/03/14/23446197_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_3973435ee93310b5190d2f6f1bed83ff.jpg
TOShKENT, 24 noya — Sputnik. Xitoy hukumati mamlakatda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar sonining ko‘payishi bo‘yicha tarixiy rekordni qayd etdi.Xitoy Xalq Respublikasi Gigiyena va sog‘liqni saqlash davlat qo‘mitasining bugun, 24-noyabr kuni e’lon qilgan ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan sutka davomida shifokorlar 31 656 ta holatni aniqlagan.Avvalroq Xitoyda infeksiyaning maksimal o‘sishi 14-aprelda qayd etilgandi – 29 411 ta holat. Departamentning rasmiy bayonotidan ma’lum bo‘lishicha, o‘tgan sutkada ro‘yxatga olingan kasallanganlarning 87 foizi asemptomatik tashuvchilardir.E’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, 23-noyabr kuni Xitoyda COVID-19 dan yana bir kishi vafot etdi va mamlakatda koronavirusning o‘lim tugagan holatlari 5232 taga yetdi. So‘nggi kunlarda Xitoyda koronavirusning tarqalishi sezilarli darajada tezlashdi.Xenan provinsiyasi markazi Chjenchjou shahrida rasmiylar virusga qarshi kurash choralar kuchaytirilishini e’lon qildi. Shaharning sakkiz tumanida bugun, 24-noyabrdan boshlab besh kun davomida odamlar faqat oziq-ovqat sotib olish yoki tibbiy yordam olish uchun uylarini tark etishlari mumkin. Bu hududlarda 6,6 millionga yaqin aholi istiqomat qiladi. Butun shahar har kuni virus uchun sinovdan o‘tkaziladi.Pekinda ko‘rgazma markazida COVID-19 bilan kasallangan bemorlar uchun shifoxona ochildi. Shuningdek, Pekin xalqaro tadqiqotlar universitetida virus aniqlanganidan keyin unga kirishga taqiqlandi. Shahardagi ayrim savdo markazlari va ofis binolari yopildi.21 noyabr kuni Guanchjou shahri 3,7 millionga yaqin aholi istiqomat qiladigan Bayyun tumanini yopib qo‘ydi va Shiszachjuan shahrining ba’zi qismlari aholisidan shaharda virusga ommaviy test o‘tkazilayotganda uylarini tark etmaslik so‘raldi. Shiszachjuanda 11 millionga yaqin odam yashaydi.Xitoy rasmiylari tomonidan har kuni e’lon qilinadigan hisobotlarga ko‘ra, hukumat va tibbiyot mutaxassislari COVID-19 uchun “nol bardoshlilik” siyosatini amalga oshirishda katta tajribaga ega bo‘lishiga qaramay, Xitoyda virusni nazorat qilish tobora qiyinlashmoqda.
xitoy
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/03/14/23446197_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_76c76a261f44c3a489bfdc3af08a55f9.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, covid-19 umumjahon pandemiyasi, xitoy
dunyoda, covid-19 umumjahon pandemiyasi, xitoy
Xitoyda COVID-19 bilan kasallanish bo‘yicha rekord qayd etildi
Xitoy shaharlarida koronavirus tarqalishini to‘xtatish uchun cheklovlar joriy qilinmoqda.
TOShKENT, 24 noya — Sputnik. Xitoy hukumati mamlakatda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar sonining ko‘payishi bo‘yicha tarixiy rekordni qayd etdi.
Xitoy Xalq Respublikasi Gigiyena va sog‘liqni saqlash davlat qo‘mitasining bugun, 24-noyabr kuni e’lon qilgan ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan sutka davomida shifokorlar 31 656 ta holatni aniqlagan.
Avvalroq Xitoyda infeksiyaning maksimal o‘sishi 14-aprelda qayd etilgandi – 29 411 ta holat. Departamentning rasmiy bayonotidan ma’lum bo‘lishicha, o‘tgan sutkada ro‘yxatga olingan kasallanganlarning 87 foizi asemptomatik tashuvchilardir.
E’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, 23-noyabr kuni Xitoyda COVID-19 dan yana bir kishi vafot etdi va mamlakatda koronavirusning o‘lim tugagan holatlari 5232 taga yetdi. So‘nggi kunlarda Xitoyda koronavirusning tarqalishi sezilarli darajada tezlashdi.
Xenan provinsiyasi markazi Chjenchjou shahrida rasmiylar virusga qarshi kurash choralar kuchaytirilishini e’lon qildi. Shaharning sakkiz tumanida bugun, 24-noyabrdan boshlab besh kun davomida odamlar faqat oziq-ovqat sotib olish yoki tibbiy yordam olish uchun uylarini tark etishlari mumkin. Bu hududlarda 6,6 millionga yaqin aholi istiqomat qiladi. Butun shahar har kuni virus uchun sinovdan o‘tkaziladi.
Pekinda ko‘rgazma markazida COVID-19 bilan kasallangan bemorlar uchun shifoxona ochildi. Shuningdek, Pekin xalqaro tadqiqotlar universitetida virus aniqlanganidan keyin unga kirishga taqiqlandi. Shahardagi ayrim savdo markazlari va ofis binolari yopildi.
21 noyabr kuni Guanchjou shahri 3,7 millionga yaqin aholi istiqomat qiladigan Bayyun tumanini yopib qo‘ydi va Shiszachjuan shahrining ba’zi qismlari aholisidan shaharda virusga ommaviy test o‘tkazilayotganda uylarini tark etmaslik so‘raldi. Shiszachjuanda 11 millionga yaqin odam yashaydi.
Xitoy rasmiylari tomonidan har kuni e’lon qilinadigan hisobotlarga ko‘ra, hukumat va tibbiyot mutaxassislari COVID-19 uchun “nol bardoshlilik” siyosatini amalga oshirishda katta tajribaga ega bo‘lishiga qaramay, Xitoyda virusni nazorat qilish tobora qiyinlashmoqda.