"Ukrainani to‘liq yo‘q bo‘lish kutmoqda" – Lukashenko Kiyevni mojaroga chek qo‘yishga chaqirdi

© Sputnik / Sergey Bobylev/Pool / Mediabankka o‘tishPrezident Belorussii Aleksandr Lukashenko na zasedanii Soveta glav stran-uchastnis ShOS v rasshirennom sostave v Samarkande, Uzbekistan
Prezident Belorussii Aleksandr Lukashenko na zasedanii Soveta glav stran-uchastnis ShOS v rasshirennom sostave v Samarkande, Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.11.2022
Obuna bo‘lish
Belarus yetakchisi Ukraina ko‘plab odamlar qurbon bo‘lishini istamasa, mojaroni to‘xtatishi kerakligini aytdi.
TOShKENT, 24 noya — Sputnik. Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Kiyevni muzokaralarni boshlab, mojaroni tugatishga chaqirdi, aks holda Ukrainani “to‘liq yo‘q bo‘lish” kutadi. Bu haqda u Yerevanda o‘tgan KXShT sammiti doirasida jurnalistlar savollariga javob beriyotib ma’lum qildi, deb xabar berdi “Pul pervogo” Telegram kanali.
“Hammasi Ukrainaning qo‘lida. Men bu mavzuni Zelenskiy yoki Ukrainaga qaratmoqchi bo‘lganim uchun emas. Darhaqiqat, hozir hamma narsa Ukrainaning qo‘lida”, - deydi Belarus yetakchisi Ukraina bilan tinchlik shartnomasi imzolash ehtimoli haqidagi savolga javoban.
Lukashenkoning ta’kidlashicha, agar Ukraina “ko‘plab odamlar halok bo‘lishini istamasa, mojaro to‘xtatilishi kerak”.
“Bu og‘ir, qiyin, murakkab, lekin ular agar tiklanishni xohlasalar kerak. Biz to‘xtatishimiz kerak, bunga chek qo‘yish kerak. Chunki bundan keyin Ukraina butunlay vayron bo‘ladi”, - dedi Lukashenko.
Uning so‘zlariga ko‘ra, vaqt o‘tishi bilan xalqlar o‘rtasidagi munosabatlar tarixda bir necha bor sodir bo‘lganidek, albatta tiklanadi.

“Biz fashistlar Germaniyasi bilan qanday kurashdik? 30 mln kishi qurbon bo‘ldi, bugun kim buni eslaydi? Belarus va Rossiyadan biroz, bori shumi? Ya’ni jarohatlar bitdi. Shunchaki gaplashishga emas, hamkorlikka, do‘stlashishga tayyorlar. Bu yerda ham xuddi shunday uddalaymiz, hammasini tuzatamiz. Biz, ehtimol, hozir ham bizning avlodga, Ukraina xalqiga, nima bo‘lganini tushuntira olamiz”, - deydi Belarus yetakchisi.

Uning ta’kidlashicha, shuning uchun “qayerga qarasangiz, hamma joyda tinchlik muzokaralari. Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda Ukrainani muzokaralar jarayoniga undayotgan urushga qarshi kuchlar ko‘payib bormoqda.
Avvalroq Lukashenko Ukraina xalqining mavjud vaziyatga munosabati mamlakat rahbariyatini, jumladan, prezident Vladimir Zelenskiyni muzokaralar stoliga o‘tirishga majbur qilishini aytgandi.
Yangiliklar lentasi
0