Sudda ishni ko‘rganlik uchun undiriladigan davlat bojlari miqdori kamaytirilmoqda

© pexels.com/Towfiqu barbhuiyaSudya molotok
Sudya molotok - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.11.2022
Obuna bo‘lish
Yuridik shaxslar hamda tadbirkorlik subyektlari ma’muriy sudlarga ariza berishida davlat boji stavkasi 2 baravarga kamaytirilmoqda.
TOShKENT, 24 noya — Sputnik. Sud tomonidan ishni ko‘rganlik uchun undiriladigan davlat bojlari miqdorlarini kamaytirish rejalashtirilmoqda. Adliya vazirligi tegishli qonun loyihasini ishlab chiqib, jamoatchilik muhokamasiga qo‘ygan.
Vazirlik matbuot kotibining ma’lum qilishicha, bu mamlakatda aholiga, shu jumladan, tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlari ko‘rsatishda, sudlarga murojaat qilishda yengilliklar hamda qulayliklar yaratish borasidagi tizimli islohotlarning davomidir.
Qonun loyihasida quyidagi masalalar nazarda tutilmoqda:
- birinchidan, sud ish yuritishni taraflar kelishuv bitimi tuzganligi sababli tugatganda, to‘langan davlat bojining 50 foizi qaytarilishi belgilanmoqda. Oldin davlat boji qaytarilmas edi;
- ikkinchidan, fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga mulkiy tusdagi da’vo arizalar bilan murojaat qilinganda jismoniy shaxslar da’vo bahosining 1 foizi, yuridik shaxslar 2 foizi miqdorida davlat boji to‘lashi belgilanmoqda. Avval jismoniy va yuridik shaxslar bir xil miqdorda ya’ni, da’vo bahosining 4 foizi miqdorida davlat boji to‘lar edi;
- uchinchidan, iqtisodiy sudlarda mulkiy tusdagi da’vo arizalaridan undiriladigan davlat bojlarining tabaqalashtirilgan miqdorlari belgilanmoqda. Bunda da’vo bahosining 2 foizidan 0,5 foizigacha tabaqalashtirilgan miqdorlar belgilanmoqda. Oldin, da’vo bahosining 2 foizi miqdorida davlat boji undirilar edi;
- to‘rtinchidan, yuridik shaxslar hamda tadbirkorlik subyektlari ma’muriy sudlarga ariza berishida davlat boji stavkasi 2 baravarga kamaytirilmoqda;
- beshinchidan, mulkiy tusdagi da’vo arizalari sud tomonidan ko‘rib chiqilganligi uchun undiriladigan davlat bojlarining yuqori miqdorining chegarasi belgilanmoqda. Avval, undiriladigan davlat bojlarining yuqori chegarasi belgilanmagan edi;
- oltinchidan, soliq organlari qarori ustidan ariza (shikoyat) manfaatdor shaxsga o‘zining huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganligi to‘g‘risida ma’lum bo‘lgan paytdan e’tiboran uch yil ichida sudga berilishi mumkinligi belgilanmoqda. Oldin soliq organlari qarori ustidan ariza (shikoyat) uch oy ichida sudga berilishi mumkin bo‘lgan.
Hujjat 6-dekabrga qadar muhokamada bo‘ladi.
Senatori odobrili vnesenie izmeneniy i dopolneniy v zakon O gosudarstvennoy poshline - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.11.2022
Senat “Davlat boji to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishni ma’qulladi
Yangiliklar lentasi
0