https://oz.sputniknews.uz/20221124/rossiya-fxx-ukrain-maxsus-xizmatining-gaz-quvuridagi-teraktining-oldini-oldi-30229301.html
Rossiya FXX ukrain maxsus xizmatining gaz quvuridagi teraktining oldini oldi
Rossiya FXX ukrain maxsus xizmatining gaz quvuridagi teraktining oldini oldi
Sputnik O‘zbekiston
Rossiya Federal xavfsizlik xizmati “Janubiy oqim” gaz quvurida ukrain maxsus xizmatlari tomonidan qo‘poruvchilik-terrorchilik akti uyushtirishga bo‘lgan urinishning... 24.11.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-11-24T19:49+0500
2022-11-24T19:49+0500
2023-04-05T18:42+0500
rossiya
rossiya federal xavfsizlik xizmati (fxx)
ukraina
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0b/18/30228542_1:0:854:480_1920x0_80_0_0_4b9046240f4b4b9a9c2b97baed0c22ca.jpg
TOShKENT, 24 noya — Sputnik. Rossiya Federal xavfsizlik xizmati (FXX) Ukraina maxsus xizmatining Volgograd viloyatidagi eksport gaz quvurida uyushtirmoqchi bo‘lgan teraktining oldini oldi.Bunga aloqador to‘rt kishi hibsga olingan. Ularning hammasi Rossiya fuqarolari.Tintuv vaqtida ulardan to‘rtta magnitli mina, to‘rt kilogramm plastit, sekin harakatga keltiradigan portlatkich, 593 ming rubl va Ukraina maxsus xizmati kuratori bilan bo‘lgan yozishma va muzokaralar qayd etilgan aloqa vositalari musodara qilingan.Holat yuzasidan Rossiya Jinoyat kodeksining terrorchilik aktiga tayyorgarlik ko‘rish, terrorchilik jamiyatini tashkil etish va portlovchi moddalarni noqonuniy saqlash moddalari bilan jinoiy ish ochilgan.“Janubiy oqim” loyihasi Qora dengiz tubi bo‘ylab Krasnodar o‘lkasining Anapa tumanidan Bolgariyaning Varna portiga quvur yotqizishni nazarda tutardi. Uni 2015-yilgacha amalga oshirish rejalashtirilgandi, ammo bu ro‘y bermadi. “Janubiy oqim” o‘rniga dengiz tubi bo‘ylab Anapa tumanidan Turkiyagacha bo‘lgan “Turk oqimi” qurildi.
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Zaderjanie diversantov, gotovivshix ataku na gazoprovod «Yujniy potok”
Sputnik O‘zbekiston
Zaderjanie diversantov, gotovivshix ataku na gazoprovod «Yujniy potok”
2022-11-24T19:49+0500
true
PT0M53S
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0b/18/30228542_107:0:747:480_1920x0_80_0_0_5b1022491333f2e54b70a420e5aced7b.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
rossiya, rossiya federal xavfsizlik xizmati (fxx), video, ukraina
rossiya, rossiya federal xavfsizlik xizmati (fxx), video, ukraina
Rossiya FXX ukrain maxsus xizmatining gaz quvuridagi teraktining oldini oldi
19:49 24.11.2022 (yangilandi: 18:42 05.04.2023) Rossiya Federal xavfsizlik xizmati “Janubiy oqim” gaz quvurida ukrain maxsus xizmatlari tomonidan qo‘poruvchilik-terrorchilik akti uyushtirishga bo‘lgan urinishning oldini oldi.
TOShKENT, 24 noya — Sputnik. Rossiya Federal xavfsizlik xizmati (FXX) Ukraina maxsus xizmatining Volgograd viloyatidagi eksport gaz quvurida uyushtirmoqchi bo‘lgan teraktining oldini oldi.
“Kompleks tezkor-qidirov tadbirlarini o‘tkazish natijasida Federal xavfsizlik xizmati tomonidan u bo‘ylab Turkiya va Yevropaga energiya resurslari yetkazib berilishi amalga oshirilayotgan “Janubiy oqim” gaz quvurida ukrain maxsus xizmatlari tomonidan qo‘poruvchilik-terrorchilik akti uyushtirishga bo‘lgan urinishning oldi olindi”, - deyilgan idora xabarida.
Bunga aloqador to‘rt kishi hibsga olingan. Ularning hammasi Rossiya fuqarolari.
Tintuv vaqtida ulardan to‘rtta magnitli mina, to‘rt kilogramm plastit, sekin harakatga keltiradigan portlatkich, 593 ming rubl va Ukraina maxsus xizmati kuratori bilan bo‘lgan yozishma va muzokaralar qayd etilgan aloqa vositalari musodara qilingan.
Holat yuzasidan Rossiya Jinoyat kodeksining terrorchilik aktiga tayyorgarlik ko‘rish, terrorchilik jamiyatini tashkil etish va portlovchi moddalarni noqonuniy saqlash moddalari bilan jinoiy ish ochilgan.
“Janubiy oqim” loyihasi Qora dengiz tubi bo‘ylab Krasnodar o‘lkasining Anapa tumanidan Bolgariyaning Varna portiga quvur yotqizishni nazarda tutardi. Uni 2015-yilgacha amalga oshirish rejalashtirilgandi, ammo bu ro‘y bermadi. “Janubiy oqim” o‘rniga dengiz tubi bo‘ylab Anapa tumanidan Turkiyagacha bo‘lgan “Turk oqimi” qurildi.