Rossiya Dumasi LGBT targ‘ibini ta’qiqlovchi qonun qabul qildi

© Sputnik / Sergey Kuznetsov / Mediabankka o‘tishZdanie Gosudarstvennoy Dumi RF
Zdanie Gosudarstvennoy Dumi RF - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.11.2022
Obuna bo‘lish
Rossiyada noananaviy jinsiy aloqalarni ommaviy maydonda targ‘ib qilishni cheklash maqsadida javobgarlik choralari belgilanmoqda.
TOShKENT, 24 noya - Sputnik. Rossiya Davlat Dumasi noan’anaviy jinsiy aloqalarni targ‘ib qilishni taqiqlovchi qonunlar to‘plamini qabul qildi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
Qonunda asosan quyidagi holatlar qayd etilgan:
noan’anaviy jinsiy aloqalar va imtiyozlarni targ‘ib qiluvchi hamda jinsini o‘zgartirishni targ‘ib qiluvchi materiallar bo‘lgan filmlarga prokat sertifikati berish taqiqlanadi;
noan’anaviy jinsiy aloqalar va imtiyozlarni namoyish etish va targ‘ib qilish hamda jinsini o‘zgartirishga qaratilgan reklama va nashrlar taqiqlanadi - kitoblar, filmlar va audiovizual xizmatlar tarqibida ham LGBT targ‘iboti taqiqlanadi;
noan’anaviy jinsiy aloqalar va jinsini o‘zgartirish imtiyozlarini targ‘ib qiluvchi tovarlarni, shu jumladan xorijiy tovarlarni sotish taqiqlanadi;
Ushbu qonunni buzganlar uchun quyidagi javobgarlik choralari belgilangan
1.
Pedofiliya tashviqoti uchun - fuqarolarga 800 ming rublgacha jarima, tashkilotlar uchun 10 million rublgacha, chet elliklar esa qo‘shimcha ravishda deportatsiya qilinadi.
2.
Voyaga etmaganlar orasida noan’anaviy jinsiy aloqalar tavsifi yoki tasvirini tarqatish uchun - fuqarolar uchun 200 ming rublgacha jarima, tashkilotlar uchun 4 milliongacha, chet elliklar uchun - jarimaga qo‘shimcha deportatsiya.
3.
Noan’anaviy jinsiy aloqalarning har qanday targ‘iboti uchun - fuqarolar 100 - 400 ming rublgacha, tashkilotlar 1 - 5 milliongacha jarimaga tortiladi.
Roskomnadzor LGBT va pedofiliya targ‘ibotini taqiqlash doirasida maqsadida internetni monitoring qilish tartibini tasdiqlash huquqiga ega bo‘ladi.
Yangiliklar lentasi
0