https://oz.sputniknews.uz/20221124/ozbekiston-va-rossiya-tibbiy-ijtimoiy-xizmatlar-sohasida-hamkorlik-qiladi-30225310.html
O‘zbekiston va Rossiya tibbiy-ijtimoiy xizmatlar sohasida hamkorlik qiladi
O‘zbekiston va Rossiya tibbiy-ijtimoiy xizmatlar sohasida hamkorlik qiladi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi va Rossiya Reabilitatsiya texnologiyalari va tibbiy-ijtimoiy akademiyasi hamkorlik qilishga kelishib... 24.11.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-11-24T17:18+0500
2022-11-24T17:18+0500
2023-04-05T18:42+0500
jamiyat
o‘zbekiston
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0b/18/30224725_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_04d5da40e1492677bd209e2824beea11.jpg
TOShKENT, 24 noya — Sputnik. O‘zbekiston Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi va Rossiya Reabilitatsiya texnologiyalari va tibbiy-ijtimoiy akademiyasi o‘rtasida memarandum imzolandi. Hujjat tayanch-harakat tizimi patologiyasi bo‘lgan bolalarni reabilitatsiya qilish bo‘yicha hamkorlikni nazarda tutadi.Aytilishicha, nogironligi bo‘lgan shaxslarni jamiyatning faol a’zosiga aylantirish, ularga to‘siqsiz muhit yaratish, avvalo, sifatli va zamonaviy tibbiy-ijtimoiy xizmat ko‘rsatish borasida qator ishlar amalga oshirilmoqda.Ushbu ishlarni izchil davom ettirish maqsadida Rossiya Reabilitatsiya texnologiyalari va tibbiy-ijtimoiy akademiyasi bilan uchrashuv o‘tkazildi.Uchrashuvda Rossiya Reabilitatsiya texnologiyalari va tibbiy-ijtimoiy akademiyasi direktori Tatyana Gusak kelajakda O‘zbekistondagi Reabilitatsiya markazlarining mutaxasislari bilan hamkorlikda amalga oshiriladigan ishlar haqida so‘z yuritdi.Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi keksalar, nogironlar va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj boshqa toifalariga tibbiy-ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida yagona davlat siyosatini yurituvchi davlat organi hisoblanadi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0b/18/30224725_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_ad0f5ef7e358400ea349f166a9d7460d.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, o‘zbekiston, rossiya
jamiyat, o‘zbekiston, rossiya
O‘zbekiston va Rossiya tibbiy-ijtimoiy xizmatlar sohasida hamkorlik qiladi
17:18 24.11.2022 (yangilandi: 18:42 05.04.2023) O‘zbekiston Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi va Rossiya Reabilitatsiya texnologiyalari va tibbiy-ijtimoiy akademiyasi hamkorlik qilishga kelishib oldi.
TOShKENT, 24 noya — Sputnik. O‘zbekiston Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi va Rossiya Reabilitatsiya texnologiyalari va tibbiy-ijtimoiy akademiyasi o‘rtasida memarandum imzolandi. Hujjat tayanch-harakat tizimi patologiyasi bo‘lgan bolalarni reabilitatsiya qilish bo‘yicha hamkorlikni nazarda
tutadi. Aytilishicha, nogironligi bo‘lgan shaxslarni jamiyatning faol a’zosiga aylantirish, ularga to‘siqsiz muhit yaratish, avvalo, sifatli va zamonaviy tibbiy-ijtimoiy xizmat ko‘rsatish borasida qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Ushbu ishlarni izchil davom ettirish maqsadida Rossiya Reabilitatsiya texnologiyalari va tibbiy-ijtimoiy akademiyasi bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuvda Rossiya Reabilitatsiya texnologiyalari va tibbiy-ijtimoiy akademiyasi direktori Tatyana Gusak kelajakda O‘zbekistondagi Reabilitatsiya markazlarining mutaxasislari bilan hamkorlikda amalga oshiriladigan ishlar haqida so‘z yuritdi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi keksalar, nogironlar va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj boshqa toifalariga tibbiy-ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida yagona davlat siyosatini yurituvchi davlat organi hisoblanadi.