Madaniyat

Ostonada Oʻzbekiston madaniyati kunlari doirasida gala-kontsert boʻlib oʻtdi - foto

Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Oʻzbekiston madaniyati kunlari doirasida tashkil etilgan kontsert dasturi qanday oʻtganligi haqida materialimizda tanishing.
TOSHKENT, 24 noya — Sputnik. Qozogʻistonning Ostona shahrida boʻlib oʻtayotgan Oʻzbekiston madaniyati kunlari doirasida oʻzbek va qozoq ijodkorlari ishtirokida gala-kontsert boʻlib oʻtdi. Madaniyat vazirligi Sputnik muxbiriga maʼlum qilishicha, kontsert dasturidan oʻzbekistonlik sanʼatkorlarning 20dan oshiq qoʻshiqlari joy oldi.
Kontsert dasturi Yunus Rajabiy nomidagi “Maqom” ansambli va “Navroʻz” raqs ansamblining ijrosi bilan boshlandi.
Shundan soʻng, Oʻzbekiston xalq artistlari Munojat Yoʻlchiyeva, Jenisbek Piyazov, Maxmud Nomozov va Mansur Toshmatovlar qoʻshiq kuylashdi.
Oʻzbekiston xalq artisti Mansur Toshmatovning soʻzlariga koʻra, kontsert va uchrashuvlar oʻzbekistonlik sanʼatkorlar uchun esda qolarli xotiralarni tuhfa etmoqda.
“Mening sanʼatim bilan sobiq ittifoqdagi va MDH mamlakatlari tanish, Qozogʻistonga tashrifimizda oradan vaqtlar oʻtib, insonlar meni eslayaptimi, yoshlik davrimda aytgan qoʻshiqlarim ularga hamon yoqyaptimi degan oʻylar qalbimdan oʻtdi va amin boʻldimki, hamon muxlislar qalbidaman! Bizning tilimiz, urf-odatlarimiz, qarashlarimiz bir-biri bilan yaqin, mana shunday turkiy tilli davlatlar bilan aloqalarimiz yaxshi boʻlsa, oʻzaro tinchlik abadiy boʻladi, insonlarning doʻstlik rishtalari yanada mustahkamlanadi. Mana shunday tadbirlarimiz koʻpayaversin!”, deydi Mansur Toshmatov Sputnik muxbiriga.
Mansur Toshmatov kontsertda "Siyay Tashkent, zvezda Vostoka" va "Vatanim" qoʻshiqlarini ijro etdi.
Kontsert dasuridan shuningdek, oʻzbekistonlik yosh ijodkorlarning chiqishlari ham joy oldi.
Eslatib oʻtamiz, Ostonada 21 noyabrdan Oʻzbekiston madaniyati kunlari oʻtkazilmoqda. Tadbirlarda Oʻzbekistondan yuzdan ortiq ijodkorlar, xususan madaniyat va sanʼat namoyondalari, hunarmand va rassomlar ishtirok etmoqda.
© Madaniyat vazirligi
Qozogʻistonda Oʻzbekiston madaniyati kunlari boʻlib oʻtdi - Sputnik Oʻzbekiston
1/8
© Madaniyat vazirligi
Qozogʻistonda Oʻzbekiston madaniyati kunlari boʻlib oʻtdi - Sputnik Oʻzbekiston
2/8
© Madaniyat vazirligi
Qozogʻistonda Oʻzbekiston madaniyati kunlari boʻlib oʻtdi - Sputnik Oʻzbekiston
3/8
© Madaniyat vazirligi
Qozogʻistonda Oʻzbekiston madaniyati kunlari boʻlib oʻtdi - Sputnik Oʻzbekiston
4/8
© Madaniyat vazirligi
Qozogʻistonda Oʻzbekiston madaniyati kunlari boʻlib oʻtdi - Sputnik Oʻzbekiston
5/8
© Madaniyat vazirligi
Qozogʻistonda Oʻzbekiston madaniyati kunlari boʻlib oʻtdi - Sputnik Oʻzbekiston
6/8
© Madaniyat vazirligi
Qozogʻistonda Oʻzbekiston madaniyati kunlari boʻlib oʻtdi - Sputnik Oʻzbekiston
7/8
© Madaniyat vazirligi
Qozogʻistonda Oʻzbekiston madaniyati kunlari boʻlib oʻtdi - Sputnik Oʻzbekiston
8/8
Yangiliklar lentasi
0