Moliya vaziri amaldagi budjet xarajatlarini oshirishni so‘radi

© Depositphotos.com / TatiantmarieNatsionalnaya valyuta - uzbekskiy sum
Natsionalnaya valyuta - uzbekskiy sum  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.11.2022
Obuna bo‘lish
Kelgusi yilda Davlat budjetining taqchilligi 3 foizdan 4 foizga oshadi va qator vazirliklarga qo‘shimcha mablag‘lar ajratiladi.
TOShKENT, 24 noya — Sputnik. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari “2022 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga o‘zgartishlar kiritish haqida”gi qonun loyihasini ma’qulladi. Bu haqda Qonunchilik palatasi matbuot xizmati xabar berdi.
Quyi palata yalpi majlisida moliya vaziri Timur Ishmetov qonunga kiritilayotgan o‘zgartirishlar haqida ma’lumot berdi. U ayrim birinchi darajali budjet mablag‘lari taqsimlovchilari kesimidagi tegishli vazirlik va tashkilotlar ro‘yxati va mablag‘ hajmini ochiqladi.
1. Xalq ta’limi vazirligiga qo‘shimcha 922 mlrd so‘m ajratiladi:
Qoraqalpog‘iston va Xorazmda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini bepul ovqat bilan ta’minlash uchun — 106 mlrd so‘m;
maktab o‘quvchilarining darslik ijara xarajatlarini budjetdan qoplash uchun — 400 mlrd so‘m;
o‘z fanidan xalqaro yoki milliy sertifikatga yoki chet tili sertifikatiga ega o‘qituvchilarga 50 foiz ustama haqi to‘lab berish uchun — 77 mlrd so‘m yo‘naltirilishi ko‘zda tutilmoqda.
Shuningdek, vazir qator vazirlik va idoralarga quyidagi miqdorda qo‘shimcha mablag‘lar ajratilayotganini ma’lum qildi:
Maktabgacha ta’lim vazirligiga yil boshida tasdiqlangan mablag‘larga qo‘shimcha – 500 mlrd so‘m;
2. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga qo‘shimcha – 160 mlrd so‘m;
3. Sog‘liqni saqlash vazirligiga qo‘shimcha – 2,4 trln so‘m;
4. Madaniyat vazirligiga qo‘shimcha – 96 mlrd so‘m,
5. Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining Suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish jamg‘armasiga – 538 mlrd so‘m;
6. Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasiga – 311 mlrd so‘m;
7. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining yil boshidagi xarajatlariga qo‘shimcha 26 mlrd so‘m.
Vazir bundan tashqari yana qator tashkilotlarga qo‘shimcha mablag‘lar ajratilishini sanab o‘tdi.
Majlisda qonun loyihasi deputatlar tomonidan uchinchi o‘qishda qabul qilindi.
Yangiliklar lentasi
0