https://oz.sputniknews.uz/20221124/juda-kulguli-evropa-gaz-uchun-juda-yuqori-narx-taklif-qilmoqda-30227574.html
Juda kulguli: Yevropa gaz uchun juda yuqori narx taklif qilmoqda
Juda kulguli: Yevropa gaz uchun juda yuqori narx taklif qilmoqda
Sputnik O‘zbekiston
Yevropa Ittifoqi Rossiya resurslari uchun narx chegaralarini kelishib olishga jon-jahdi bilan harakat qilmoqda. Bir tomondan Moskvani daromadsiz qoldirish lozim... 24.11.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-11-24T22:07+0500
2022-11-24T22:07+0500
2023-04-05T18:42+0500
kolumnistlar
gaz
neft
yevropa ittifoqi
yevrokomissiya
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0b/18/30228836_0:273:2668:1774_1920x0_80_0_0_04d4f954787c361f946376efa0afe62c.jpg
Yevropa Ittifoqi Rossiya resurslari uchun narx chegaralarini kelishib olishga jon-jahdi bilan harakat qilmoqda. Bir tomondan Moskvani daromadsiz qoldirish lozim, boshqa tomondan - o‘zlari energiya manbaalarisiz qolib ketmasliklari kerak.Aks holda “yordam qo‘lini cho‘zayotganlar”dan uch barobar qimmatga sotib olishga to‘g‘ri keladi. Yevrokomissiyaning yakuniy qarori barchani hayratga soldi: narxlar chegarasi shu qadar baland bo‘ldiki, kimlardir bundan g‘azabga keldi, yana kimlardir esa kulishmoqda.Yuqori chegaraG‘arb davlatlari rahbarlari iyun oyida G7 sammitida Rossiya nefti va gazi narxlarni cheklash to‘g‘risida kelishib olishgan edi. Dekabr oyidan neftga, fevraldan neft mahsulotlariga cheklovlar kuchga kiradi. Gaz borasida vaziyat hali aniq emas.Ammo Yevrokomissiya virtual Title Transfer Facility (TTF) xabida 1 MVt/s uchun maksimal 275 yevro miqdorida taklif kiritdi.“Bu hammasini hal qilmaydi, ammo bizga kerak bo‘lganda foydalana oladigan qudratli instrument bo‘ladi", - deydi energetika bo‘yicha yevrokomissar Kadri Simson.Hujjatda ikkita shart bir vaqtda bajarilganda mexanizm ishga tushirilishiga aniqlik kiritilgan. Birinchisi: kelgusi oy uchun TTF derivatining hisoblangan narxi ikki hafta davomida bir Mvt/s uchun 275 yevrodan oshadi. Ikkinchidan, bu ko‘rsatkich ikki hafta davomida ketma-ket o‘n savdo kuni davomida suyultirilgan gazning bazaviy narxidan yuqori.“Bu bema’nilik”Ushbu “Qiynalib” topilgan qaror keskin tanqidlarga sabab bo‘ldi: garchi u yoz faslidagi eng yuqori ko‘rsatkichlardan sal past bo‘lsada narxlar ikki barobar qimmat.Avgustda ICE London birjalarida kotirovkalar narxi “Shimoliy oqim” bo‘yicha ta’minot to‘xtatilganda 1 MVt/s uchun 300 yevrodan ham oshib ketgan edi. Ammo, bu bir haftacha davom etdi.Germaniyada “narxlarning namoyishkorona oshirilishi - kelishmovchiliklarni kuchsizlantirish uchun kerak bo‘lgan siyosiy qadam” deya tushuntirishdi. Ya’ni Brussel narxlarni nazorat qilishga xam, bozor tizimiga aralashmaslik chorlovlariga ham shunday munosabat bildirgan.Narxlar oshishiga Yevropa Ittifoqining kamida 15 ta mamlakati, jumladan, Ispaniya va Gretsiya ham rozi. Ular bu chora qishda iste’molchilar uchun narxlarni pasaytirish va ijtimoiy tartibsizliklarni oldini olishda yordam beradi deya hisoblashmoqda. Germaniya, Niderlandiya va Daniya mamlakatlari esa aksincha, cheklovlar gaz iste’molini ko‘paytirishini, treyderlar esa ustiga narx qo‘yib qayta sotishadi, degan fikrda.“Alamzadalik ishorasi”Boshqa, anchayin katta sabab ham bor: Rossiya gaziga qaramlik juda kuchli. Korxonalar va uy xo‘jaliklarini energiya narxining oshishidan himoya qilish uchun “chora ko‘rish” kerak, lekin gazni umuman yo‘qotmaslik lozim.“Cheklovlarni shunday o‘ylab topishganki, ularning ehtimollari eng kam bo‘lishi kerak. Yevrokomissiya siyosiy va mafkuraviy sabablarga ko‘ra voz kecha olmaydi. Shu sababli voqealarning fantastik tus olishidagina amalga oshiriladigan mexanizm o‘ylab topishdi. Mexanizm bor, ammo eng baland narx yo‘q”, - deydi Milliy energiya xavfsizligi jamg‘armasi bosh direktori o‘rinbosari Aleksey Grivach.Ko‘k yoqilg‘i va Amerikaning suyultirilgan gazi zaxiralari bilan yevropaliklar bu qishni amal-taqal qilib o‘tkazishadi. Biroq, Moskva bilan navbatdagi keskinlashuv ularga aslo foyda olib kelmaydi.Issiq ham sovuq ham emasRossiyaga bunday butoforiya muammolar keltirib chiqarishi amri mahol.“Bir oy oldingi shartnoma ko‘plab uzoq muddatli shartnomalarda narx ko‘rsatkichi sifatida qo‘llaniladi. Va agar mexanizm ishga tushirilsa, ta’minot to‘xtashi mumkin”, - deydi Aleksey Grivach. Ammo bu faqat nazariy qarash, chunki limit nihoyatda baland.Aftidan, Yevropada hech qanday yuqori narxlar vaziyatni o‘zgartirmasligini asta-sekin anglab yetishapti: har holda gazni bozor narxida sotib olish kerak bo‘ladi.Neft borasida esa hamon bosh qotirishmoqda. Bloomberg ma’lumotlariga ko‘ra, bir barrel uchun 65-60 dollar belgilashni muhokama qilishmoqda. Va bu yerda ham tavakkalchilik qilishapti: limit o‘rtacha tarixiy ko‘rsatkichlarga mos. Rossiya esa diskontlar bilan sotayotgan ekan, bunday cheklovlar savdo-sotiqqa deyarli ta’sir ko‘rsata olmaydi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Natalya Dembinskaya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/692/07/6920716_0:0:447:447_100x100_80_0_0_c571703c7abdb9788a3909f379a8c46f.png
Natalya Dembinskaya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/692/07/6920716_0:0:447:447_100x100_80_0_0_c571703c7abdb9788a3909f379a8c46f.png
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0b/18/30228836_0:23:2668:2024_1920x0_80_0_0_40de66392d4a17128e18aefb432b9312.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Natalya Dembinskaya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/692/07/6920716_0:0:447:447_100x100_80_0_0_c571703c7abdb9788a3909f379a8c46f.png
kolumnistlar, gaz, neft, yevropa ittifoqi, yevrokomissiya, rossiya
kolumnistlar, gaz, neft, yevropa ittifoqi, yevrokomissiya, rossiya
Yevropa Ittifoqi Rossiya resurslari uchun narx chegaralarini kelishib olishga jon-jahdi bilan harakat qilmoqda. Bir tomondan Moskvani daromadsiz qoldirish lozim, boshqa tomondan - o‘zlari energiya manbaalarisiz qolib ketmasliklari kerak.
Aks holda “yordam qo‘lini cho‘zayotganlar”dan uch barobar qimmatga sotib olishga to‘g‘ri keladi. Yevrokomissiyaning yakuniy qarori barchani hayratga soldi: narxlar chegarasi shu qadar baland bo‘ldiki, kimlardir bundan g‘azabga keldi, yana kimlardir esa kulishmoqda.
G‘arb davlatlari rahbarlari iyun oyida G7 sammitida Rossiya nefti va gazi narxlarni cheklash to‘g‘risida kelishib olishgan edi. Dekabr oyidan neftga, fevraldan neft mahsulotlariga cheklovlar kuchga kiradi. Gaz borasida vaziyat hali aniq emas.
Ammo Yevrokomissiya virtual Title Transfer Facility (TTF) xabida 1 MVt/s uchun maksimal 275 yevro miqdorida taklif kiritdi.
“Bu hammasini hal qilmaydi, ammo bizga kerak bo‘lganda foydalana oladigan qudratli instrument bo‘ladi", - deydi energetika bo‘yicha yevrokomissar Kadri Simson.
Hujjatda ikkita shart bir vaqtda bajarilganda mexanizm ishga tushirilishiga aniqlik kiritilgan. Birinchisi: kelgusi oy uchun TTF derivatining hisoblangan narxi ikki hafta davomida bir Mvt/s uchun 275 yevrodan oshadi. Ikkinchidan, bu ko‘rsatkich ikki hafta davomida ketma-ket o‘n savdo kuni davomida suyultirilgan gazning bazaviy narxidan yuqori.
Bu bir oy oldin tuzilgan shartnomalar uchun bo‘yicha har 1000 kub metr gaz uchun taxminan 3000 dollarlik chegarani anglatadi.
Ushbu “Qiynalib” topilgan qaror keskin tanqidlarga sabab bo‘ldi: garchi u yoz faslidagi eng yuqori ko‘rsatkichlardan sal past bo‘lsada narxlar ikki barobar qimmat.
“Bu hazil. Hatto avgustda bo‘lib o‘tgan ekstremal ssenariylarda ham hech qanday foyda keltirmaydi. Bu cheklov emas - bema’nilik”, - deya o‘z g‘azabini bildirmoqda Brusselning Bruegel tahliliy markazi katta ilmiy xodimi Simona Talyapetra.
Avgustda ICE London birjalarida kotirovkalar narxi “Shimoliy oqim” bo‘yicha ta’minot to‘xtatilganda 1 MVt/s uchun 300 yevrodan ham oshib ketgan edi. Ammo, bu bir haftacha davom etdi.
Germaniyada “narxlarning namoyishkorona oshirilishi - kelishmovchiliklarni kuchsizlantirish uchun kerak bo‘lgan siyosiy qadam” deya tushuntirishdi. Ya’ni Brussel narxlarni nazorat qilishga xam, bozor tizimiga aralashmaslik chorlovlariga ham shunday munosabat bildirgan.
“Lekin bahs yana qizimoqda: Belgiya, Gretsiya, Italiya va Polsha mamlakatlari energetika vazirlari uchrashuvida gaz bozori bo‘yicha boshqa qarorlarga ham to‘sqinlik qilish bilan tahdid qilishdi”, - deb yozadi Die Welt.
Narxlar oshishiga Yevropa Ittifoqining kamida 15 ta mamlakati, jumladan, Ispaniya va Gretsiya ham rozi. Ular bu chora qishda iste’molchilar uchun narxlarni pasaytirish va ijtimoiy tartibsizliklarni oldini olishda yordam beradi deya hisoblashmoqda. Germaniya, Niderlandiya va Daniya mamlakatlari esa aksincha, cheklovlar gaz iste’molini ko‘paytirishini, treyderlar esa ustiga narx qo‘yib qayta sotishadi, degan fikrda.
Boshqa, anchayin katta sabab ham bor: Rossiya gaziga qaramlik juda kuchli. Korxonalar va uy xo‘jaliklarini energiya narxining oshishidan himoya qilish uchun “chora ko‘rish” kerak, lekin gazni umuman yo‘qotmaslik lozim.
“Cheklovlarni shunday o‘ylab topishganki, ularning ehtimollari eng kam bo‘lishi kerak. Yevrokomissiya siyosiy va mafkuraviy sabablarga ko‘ra voz kecha olmaydi. Shu sababli voqealarning fantastik tus olishidagina amalga oshiriladigan mexanizm o‘ylab topishdi. Mexanizm bor, ammo eng baland narx yo‘q”, - deydi Milliy energiya xavfsizligi jamg‘armasi bosh direktori o‘rinbosari Aleksey Grivach.
“Qarorning siyosiy xarakteri ma’lum: Yevropa Ittifoqi rahbarlari AQSh va Rossiya munosabatlarida manyovrlar uchun maydon qoldirishmoqchi. Boshqa tomondan, bu alamzadalik ishorasi: Brusseldagi amaldorlar Rossiyaga sanksiyalar bilan bosim o‘tkazishning befoydaligini anglab yetishmoqda”, - deydi sanoat bo‘yicha mustaqil ekspert Leonid Xazanov.
Ko‘k yoqilg‘i va Amerikaning suyultirilgan gazi zaxiralari bilan yevropaliklar bu qishni amal-taqal qilib o‘tkazishadi. Biroq, Moskva bilan navbatdagi keskinlashuv ularga aslo foyda olib kelmaydi.
Rossiyaga bunday butoforiya muammolar keltirib chiqarishi amri mahol.
“Bir oy oldingi shartnoma ko‘plab uzoq muddatli shartnomalarda narx ko‘rsatkichi sifatida qo‘llaniladi. Va agar mexanizm ishga tushirilsa, ta’minot to‘xtashi mumkin”, - deydi Aleksey Grivach. Ammo bu faqat nazariy qarash, chunki limit nihoyatda baland.
Aftidan, Yevropada hech qanday yuqori narxlar vaziyatni o‘zgartirmasligini asta-sekin anglab yetishapti: har holda gazni bozor narxida sotib olish kerak bo‘ladi.
Neft borasida esa hamon bosh qotirishmoqda. Bloomberg ma’lumotlariga ko‘ra, bir barrel uchun 65-60 dollar belgilashni muhokama qilishmoqda. Va bu yerda ham tavakkalchilik qilishapti: limit o‘rtacha tarixiy ko‘rsatkichlarga mos. Rossiya esa diskontlar bilan sotayotgan ekan, bunday cheklovlar savdo-sotiqqa deyarli ta’sir ko‘rsata olmaydi.