"Toshkent Xalqaro turizm yarmarkasi - 2022" haqida beshta eng qiziq fakt

© Press-slujba MinisterstvoTurizma i kulturnogo naslediya UzbekistanaTashkentskaya Mejdunarodnaya Turisticheskaya Yarmarka – "Turizm na Shelkovom puti"
Tashkentskaya Mejdunarodnaya Turisticheskaya Yarmarka – Turizm na Shelkovom puti  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.11.2022
Obuna bo‘lish
Bu yilgi Toshkent Xalqaro Turizm Yarmarkasi boshqalarga o‘xshamagan bo‘ladi. Tadbir haqida beshta eng qiziq faktlar bilan maqolamizda batafsil tanishing.
TOShKENT, 24 noya - Sputnik. Poytaxtda 30-noyabrdan 2-dekabrga qadar "Toshkent xalqaro turizm yarmarkasi - 2022” bo‘lib o‘tadi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.
Bu yilgi turizm yarmarkasi boshqalarga o‘xshamagan bo‘ladi, birinchidan u to‘liq homiylar ko‘magida o‘tadi, ikkinchidan unga kamida 15ta davlatdan vakillar keladi. Sputnik TXTYa-2022ga tashrif buyurish uchun kamida 5 ta sabab borligini aniqladi.

TXTYa-2022 haqida 5ta qiziq fakt:

1.
Sankt-Peterburg shahri Toshkent xalqaro turizm yarmarkasining asosiy hamkori sifatida ishtirok etadi.
2.
Davlat budjetidan emas, homiy tashkilotlar investitsiya kiritishlari va loyihalarni taqdim qilishlari mumkin.
3.
Mahoratli oshpaz Bahriddin Chustiy boshchiligida professional oshpazlarning osh, dimlama, sho‘rva, lag‘mon, somsa kabi milliy taomlarning tayyorlanish jarayoni ko‘rsatiladi, ularda ishtirok etish va ta’tib ko‘rish mumkin.
4.
Xalqaro darajadagi hunarmandlarning mahorat darslari o‘tkaziladigan gastro-bozor hamda yarmarka tarixida ilk bor O‘zbekiston madaniy merosini namoyish etuvchi xalqaro va milliy dizaynerlar ishtirokida kiyim-kechak va zargarlik buyumlari ham namoyish etiladi.
5.
Xususiy kompaniyalari vakillari orasida ko‘plab B2B uchrashuvlari o‘tkaziladi. TXTYa-2022da Rimma Gazaliyeva, Nasiba Ahmedova kabi professional mutaxassislar bilan ijodiy uchrashuvlar tashkil etiladi.
Ma’lumot uchun, Toshkent xalqaro turizm yarmarkasi 1995-yildan buyon o‘tkazilib kelinmoqda. Bu yil ushbu tadbirda Rossiya, Fransiya, Janubiy Koreya, Ozarbayjon, Belarus, Qozog‘iston, Yaponiya kabi 15 dan ortiq mamlakatlarning milliy stendlari va turizm ma’muriyat mutasaddilari ishtirok etadi.
Undan tashqari yarmarkada Rossiya turoperatorlari assotsiatsiyasi (ATOR), Mangold Consulting GmbH, TUI Group Germany, Trip.com xalqaro onlayn turistik agentligi vakillari ishtirok etadi.
Yangiliklar lentasi
0