Zelenskiydan yangi provokatsiyalarni kutish mumkin – Narishkin Polshadagi hodisa haqida

© Press-slujba Gosudarstvennoy Dumi RF / Mediabankka o‘tishDirektor Slujbi vneshney razvedki Sergey Narishkin na zasedanii parlamentskoy komissii po rassledovaniyu deyatelnosti biolaboratoriy SShA na Ukraine.
Direktor Slujbi vneshney razvedki Sergey Narishkin na zasedanii parlamentskoy komissii po rassledovaniyu deyatelnosti biolaboratoriy SShA na Ukraine.  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.11.2022
Obuna bo‘lish
Rossiya Tashqi razvedka xizmati direktori Kiyev rejimi NATO va Rossiya o‘rtasida harbiy mojaro keltirib chiqarishga uringanini ma’lum qildi.
TOShKENT, 23 noya — Sputnik. Polsha hududida raketa qulashi bilan bog‘liq voqea Kiyev rejimining jinoyatkorona fe’l-atvorini namoyish qildi. Bu haqda Rossiya Tashqi razvedka xizmati direktori Sergey Narishkin ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Kiyev rejimi NATO va Rossiya o‘rtasida harbiy mojaro keltirib chiqarishga uringan.
“Voqealar rivoji shuni ko‘rsatdiki, Kiyev rejimining asosiy homiylari vaziyatga xolis berish uchun o‘zlarida kuch topishdi va aslini olganda Zelenskiyning jilovini tortib qo‘yishdi. Bir vaqtning o‘zida voqealar rivoji NATO va AQSh siymosidagi G‘arb qo‘rqishi va Rossiya bilan harbiy mojaro boshlanishini istamasligini ko‘rsatdi”, - dedi Rossiya Tashqi razvedka xizmati rahbari. Uning so‘zlaridan Sputnik Qirg‘iziston iqtibos keltirgan.
Narishkinning ta’kidlashicha, Tashqi razvedka xizmatiga kelib tushayotgan ma’lumotlar G‘arb baribir Ukrainadan chiqim materiali sifatida, Rossiyani ushlab turish dastagi va vositasi sifatida foydalanishini ko‘rsatmoqda.
“Biroq shu bilan birga biz G‘arb mamlakatlari Kiyev rejimining mas’uliyatsiz xulq-atvoridan, doimiy tilanchiligidan charchaganini ko‘rapmiz. Biz G‘arbda Ukrainaga avvalgi hajmda yordam ko‘rsatish imkoniyatlari borasida munozaralar kuchayganini ham kuzatapmiz. Albatta, Zelenskiy buni his qilmoqda, va Kiyevdan yangi provokatsiyalarni kutish mumkin”, - deya xulosa qildi u.
15 noyabr kuni Ukraina bilan chegarada Polsha janubidagi Pshevoduv aholi punktida raketa qulab tushdi, buning oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi. Ukraina prezidenti Zelenskiy bunda Rossiyani ayblab, G‘arbdan “harakatini boshlashni” talab qildi.
Ammo Polsha prezidenti Andjey Duda respublika ma’lumotlariga ko‘ra, qulagan raketa Ukraina havo hujumiga qarshi mudofaa tizimiga tegishli ekanini ma’lum qildi. AQSh Davlat departamenti Polsha hukumatining xulosalari aniqligiga to‘liq ishonch bildirdi. Rossiya TIV Kiyevning voqeaga oid bayonotlarini qo‘pol provokatsiya deb atadi. Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, raketa Ukrainaning S-300 havo havo hujumiga qarshi mudofaa tizimiga tegishli.
Yangiliklar lentasi
0