Turkiya g‘arbida 6,0 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi

© Fotolia / Petrovich12Seysmograf
Seysmograf - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.11.2022
Obuna bo‘lish
Zilzila oqibatida 22 kishi tan jarohati oldi, ulardan birining ahvoli og‘ir.
TOShKENT, 23 noya — Sputnik. Bugun, 23-noyabr kuni Toshkent vaqti bilan 06:08 da Turkiya g‘arbidagi Duzje shahri yaqinida 6,0 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda Yevropa-O‘rtayer dengizi seysmologiya markazi (EMSC) ma’lum qildi.
Zilzila episentri Duzje shahridan 14 kilometr janubi-sharqda joylashgan.
Zilzila oqibatida 35 kishi tan jarohati oldi, ulardan birining ahvoli og‘ir, deya ma’lum qildi mamlakat Sog‘liqni saqlash vaziri Fahrettin Koja.
“Duzjeda sodir bo‘lgan 5,9 magnitudali zilzila bilan bog‘liq hozirgi vaziyat: Duzjeda 35 nafar jarohatlanganlar bor, ulardan biri balandlikdan sakrash tufayli og‘ir ahvolda. Kerakli tez yordam brigadalari shaharga jo‘natildi. Yangi ma’lumotlar bilan bo‘lishamiz. Tezroq sog‘ayib keting”, deb yozdi Koja Twitter’da.
“Hozirda qurbonlar haqida ma’lumot yo‘q. Duzjeda vahima ichida balkondan sakrab tushgan og‘ir jarohatlangan bir kishi bor. Vaziyat tinch”, dedi mamlakat Ichki ishlar vaziri Suleyman Soylu.
Eslatib o‘tamiz, 21-noyabr kuni Indoneziyada 5,6 balli zilzila sodir bo‘lgan edi.
Yangiliklar lentasi
0