https://oz.sputniknews.uz/20221123/rossiya-ozbekiston-30191987.html
Rossiya-O‘zbekiston ta’lim forumi: ta’lim sohasidagi innovatsiyalar muhokama qilindi
Rossiya-O‘zbekiston ta’lim forumi: ta’lim sohasidagi innovatsiyalar muhokama qilindi
Sputnik O‘zbekiston
Rossiya-O‘zbekiston ta’lim forumida olti davlatdan 150 dan ortiq ta’lim tashkilotlari rahbarlari va ekspertlari ishtirok etmoqda. 23.11.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-11-23T18:07+0500
2022-11-23T18:07+0500
2023-04-05T18:42+0500
jamiyat
maktab
forum
o‘qituvchilar
axborot texnologiyalari (it)
raqamli texnologiyalar
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0b/17/30188477_0:305:2730:1841_1920x0_80_0_0_92f24d54c0349657c56e6ea946f8cb08.jpg
TOShKENT, 23 noya — Sputnik. Toshkentda “Zamonaviy maktabda o‘qitish metodikasi: muammolar va innovatsion yechimlar” mavzusida Rossiya-O‘zbekiston ta’lim forumi bo‘lib o‘tmoqda. Sputnik muxbirining xabar berishicha, unda Rossiya, O‘zbekiston, Tojikiston, Mo‘g‘uliston, Serbiya va Turkiyadan 150 dan ortiq ta’lim tashkilotlari rahbarlari va ekspertlari ishtirok etmoqda.Mutaxassislar yettita asosiy fanlar: kimyo, fizika, geografiya, informatika, biologiya va rus tilini o‘qitishda innovatsion texnologiya va metodlarni joriy etish bo‘yicha o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdi.Forum “Klass! (Zo‘r!)” Rossiya-O‘zbekiston qo‘shma gumanitar loyihasi doirasida o‘tkazilmoqda.Forum ishtirokchilari o‘qituvchilarning metodik tayyorgarligi va ta’limni raqamlashtirish va zamonaviy o‘qituvchi mehnatiga alohida e’tibor qaratishdi.Forumning ikkinchi kuni ishtirokchilar maktab fanining ta’lim salohiyati, kichik yoshdagi o‘quvchilarning shaxsiy rivojlanishi texnikasi va usullari, rus tilini chet tili sifatida o‘qitishda media matnlarning uslubiy imkoniyatlarini muhokama qilishadi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0b/17/30188477_0:0:2730:2048_1920x0_80_0_0_2ff7b0fcb9a8ca07c7ea6fb9b7def841.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, maktab, forum, o‘qituvchilar, axborot texnologiyalari (it), raqamli texnologiyalar, rossiya
jamiyat, maktab, forum, o‘qituvchilar, axborot texnologiyalari (it), raqamli texnologiyalar, rossiya
Rossiya-O‘zbekiston ta’lim forumi: ta’lim sohasidagi innovatsiyalar muhokama qilindi
18:07 23.11.2022 (yangilandi: 18:42 05.04.2023) Rossiya-O‘zbekiston ta’lim forumida olti davlatdan 150 dan ortiq ta’lim tashkilotlari rahbarlari va ekspertlari ishtirok etmoqda.
TOShKENT, 23 noya — Sputnik. Toshkentda “Zamonaviy maktabda o‘qitish metodikasi: muammolar va innovatsion yechimlar” mavzusida Rossiya-O‘zbekiston ta’lim forumi bo‘lib o‘tmoqda.
Sputnik muxbirining xabar berishicha, unda Rossiya, O‘zbekiston, Tojikiston, Mo‘g‘uliston, Serbiya va Turkiyadan 150 dan ortiq ta’lim tashkilotlari rahbarlari va ekspertlari ishtirok etmoqda.
Mutaxassislar yettita asosiy fanlar: kimyo, fizika, geografiya, informatika, biologiya va rus tilini o‘qitishda innovatsion texnologiya va metodlarni joriy etish bo‘yicha o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdi.
“Bugun biz axborotlashtirishdan raqamlashtirishga o‘tmoqdamiz, ta’limga raqamli texnologiyalar joriy etilmoqda. Shunday ekan, bugungi kunda har bir o‘qituvchi raqamli kompetensiyalarga muhtoj ekanini anglashi kerak”, - deydi A.I.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universitetining raqamli ta’lim kafedrasi mudiri, professor Tatana Noskova.
Forum “Klass! (Zo‘r!)” Rossiya-O‘zbekiston qo‘shma gumanitar loyihasi doirasida o‘tkazilmoqda.
“Loyiha ustida 150 dan ortiq mutaxassislar ishlamoqda, O‘zbekiston maktab o‘quvchilari uchun teledidaktik materiallar tayyorlanmoqda. Shunday qilib, 2022-yilda “ Klass! (Zo‘r!)” loyihasini amalga oshirish yanada kengaydi... Ishonchim komilki, forum dasturi ishtirokchilarga ish tajribasini almashish va an’anaviy muvaffaqiyatli o‘qitish amaliyotini maktab ta’limi tizimidagi zamonaviy ishlanmalar bilan bog‘lash imkonini beradi”, - deydi Rossiya davlat pedagogika universiteti rektori Sergey Tarasov.
Forum ishtirokchilari o‘qituvchilarning metodik tayyorgarligi va ta’limni raqamlashtirish va zamonaviy o‘qituvchi mehnatiga alohida e’tibor qaratishdi.
“Masalan, bugun biz immersiv texnologiyalar haqida gapirdik. Bu o‘quv jarayonida qo‘llanilishi rejalashtirilgan virtual reallik texnologiyalari. 3D ko‘zoynaklar har qanday didaktik muhitga sho‘ng‘ish imkonini beradi. Misol uchun, agar geografiyada dengiz manzaralarini o‘rganish mavzusi mavjud bo‘lsa, u holda talaba ko‘zoynak taqib, dengizda suzishi va orolda to‘xtashi mumkin. Biologiyani o‘rganish orqali u qon tomirlaridan o‘tishi mumkin. Bu bugungi kunda belgilab qo‘yilgan kelajak texnologiyasi. Bunday istiqbollar bizni o‘zbekistonlik hamkasblarimiz bilan birlashtiradi”, - dedi Sputnik muxbiriga Rossiya davlat pedagogika universiteti professori Yuliya Komarova.
Forumning ikkinchi kuni ishtirokchilar maktab fanining ta’lim salohiyati, kichik yoshdagi o‘quvchilarning shaxsiy rivojlanishi texnikasi va usullari, rus tilini chet tili sifatida o‘qitishda media matnlarning uslubiy imkoniyatlarini muhokama qilishadi.