Rossiya jahon bozoriga o‘g‘it yetkazib berishni ko‘paytirishga tayyor – Putin

© Sputnik / Gavriil Grigorov / Mediabankka o‘tish Vladimir Putin
 Vladimir Putin  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.11.2022
Obuna bo‘lish
Putin Rossiya hech bir istisnosiz barcha hamkorlar bilan o‘g‘itlar masalasida hamkorlikni kengaytirishga tayyorligini aytdi.
TOShKENT, 23 noya — Sputnik. Rossiya jahon bozoriga o‘g‘itlar eksportini kengaytirishga tayyor. Bu haqda prezident Vladimir Putin Rossiya sanoatchilari va tadbirkorlari ittifoqining mineral o‘g‘itlar komissiyasi raisi, “Uralxim” ta’sischisi Dmitriy Mazepin bilan uchrashuvda aytib o‘tdi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.
Suhbat avvalida, prezident “Uralxim” jahon bozoridagi eng yirik o‘yinchilardan biri ekanini ta’kidladi.

“Men bilamanki, ish davom etmoqda, ayrim davlatlar tomonidan yaratilgan sun’iy to‘siqlarga qaramay, ish ancha yaxshi ketmoqda. Tushunishimcha, bundan faqat jahon bozorlari aziyat chekmoqda. Biz hech qanday istisnosiz bu ishni barcha hamkorlar bilan kengaytirishga tayyormiz”, - dedi Putin, suhbatdoshidan vaziyatni baholashni so‘rab.

Tadbirkorning qayd etishicha, joriy yilda 42 million tonna o‘g‘it ishlab chiqarilib, 12 million tonnasi ichki bozorga yo‘naltirilgan. G‘arb sanksiyalari sharoitida, Mazepinning aytishicha, kompaniyalar tashqi bozorlarda ishlashda muammolarga duch kelishdi – Yevropa, xususan, Boltiqbo‘yi, bandargohlarida eksportchilarning 400 ming tonnadan ortiq (262 ming tonnasi “Uralxim”ga tegishli) mahsuloti muzlatib qo‘yildi.
Tadbirkor Rossiya kompaniyalari Afrikaning 26 davlati bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatganini va BMT shafeligida bloklangan o‘g‘itlarni tekin yetkazib berishni tashkil etishni taklif qilganini ta’kidladi. Putin bu fikrni ma’qullab, bu borada qit’a yetakchilari bevosita u bilan bog‘langanini qo‘shimcha qildi. Uning fikricha, ta’minotni blokirovka qilishni “umuman qabul qilib bo‘lmaydi”.
“Albatta, biz, birinchi navbatda, o‘zimizning qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari manfaatlarini ta’minlash, sizning an’anaviy mijozlaringizni, iste’molchilarni ta’minlashimiz kerak, shu bilan birga, rivojlanayotgan mamlakatlardagi do‘stlarimizni, birinchi navbatda, hozir aytganimizdek, Afrika mamlakatlarini qo‘llab-quvvatlash uchun hamma narsani qilishimiz kerak. Bu insonparvarlik nuqtayi nazaridan va alaloqibat biznes nuqtayi nazaridan ham to‘g‘ri bo‘ladi, ya’ni siz bozorlaringizni qo‘llab-quvvatlaysiz”, - deydi Putin.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Savdo va taraqqiyot bo‘yicha konferensiyasi bosh kotibi Rebeka Grinspan avvalroq Rossiya o‘g‘itlarining navbatdagi partiyasi G‘arbiy Afrikaga yuborilishi mumkinligini aytgan edi. Bu masala bilan “Uralxim”, “Uralkaliy”, BMT, Jahon banki va Fransiya hukumati shug‘ullanyapti.
Joriy yozda Istanbulda ikkita hujjat imzolandi, ulardan biri Ukraina donini Qora dengiz portlaridan eksport qilishga tegishli, ikkinchisi esa Moskva va BMT kotibiyati o‘rtasida Rossiya oziq-ovqat va o‘g‘itlarini jahon bozoriga yetkazishga ko‘maklashish to‘g‘risidagi anglashuv memorandumidir.
Birinchi shartnoma muddati 18-noyabrda tugadi, tomonlarning (Rossiya, Turkiya, Ukraina, BMT) e’tirozlari bo‘lmasa, kelishuv avtomatik ravishda 120 kunga uzaytirilishini belgilab qo‘yilgani uchun, bitim muddati uzaydi. Memorandumning amal qilish muddati, o‘z navbatida, uch yil.
Yangiliklar lentasi
0