Putin: Afg‘onistondagi vaziyat og‘irligicha qolmoqda

© Sputnik / POOL / Mediabankka o‘tishVladimir Putin
Vladimir Putin - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.11.2022
Obuna bo‘lish
Rossiya prezidenti KXShTga a’zo mamlakatlar hududiga jangarilarning kirib kelishi xavfi yuqori ekanini ta’kidladi.
TOShKENT, 23 noya — Sputnik. Afg‘onistondagi vaziyat og‘irligicha qolmoqda, Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotiga (KXShT) a’zo mamlakatlar hududiga jangarilarning kirib kelishi xavfi yuqori. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin ma’lum qildi.
“Afg‘onistondagi vaziyat xususida o‘z fikrlarini bildirgan hamkasblarimning xavotiriga qo‘shilaman. U, shubhasiz, og‘irligicha qolmoqda. Turli xalqaro terrorchi tashkilot jangarilarining KXShT davlatlari hududiga kirib kelish xavfi avvalgiday yuqori, Markaziy Osiyo aholisi orasida ekstremistik mafkuralar tarqalishi mintaqadagi yashirin radikallarning faollashishi xavfini oshiradi”, - dedi Putin Yerevandagi KXShT sammitida.
Yangiliklar lentasi
0