NATOning Ukrainadagi mojaroga bevosita qo‘shilishiga nima sabab bo‘lishi aytildi

© Sputnik / Aleksey Vitviskiy / Mediabankka o‘tishLogotip NATO. Arxivnoe foto
Logotip NATO. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.11.2022
Obuna bo‘lish
Ta’kidlanishicha, Polshadagi voqeadan keyin Germaniya Varshavaga Amerikaning Patriot raketalarini yuborishni taklif qilgan.
TOShKENT, 23 noya — Sputnik. Amerikaning "Patriot" havo hujumidan mudofaa tizimlarini Polshaga yetkazib berish NATOning Ukrainadagi mojaroga kirmaslik haqidagi pozitsiyasiga zid kelishi mumkin. Bu haqda jurnalist Endryu Xiggins “The New York Times” gazetasidagi maqolasida yozmoqda.
Shahrlovchining ta’kidlashicha, Polshadagi voqeadan keyin Germaniya Varshavaga chegaralarni har qanday ehtimoliy hujumlardan himoya qilish uchun Amerikaning "Patriot" raketalarini yuborishni taklif qilgan.
Shu bilan birga, ushbu tizim Ukraina havo hududidagi raketalarni tutib olishi va NATOni mojaroga tortishi xavfi mavjud.
Maqolada aytilishicha, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning NATOni mojaroga bevosita jalb etishga urinishlariga qaramay, alyans mojaro avj olishiga yo‘l qo‘ymaslik va faqat Shimoliy Atlantika shartnomasi mamlakatlari chegaralarida xavfsizlikni ta’minlash uchun barcha imkoniyatlarni ishga solishga harakat qilmoqda.
Materialda, shuningdek, raketalar Ukrainadagi Rossiya samolyotlariga tegmasligi, ammo qiruvchi samolyotlar Polsha havo hududiga kirsa, ular uchirilishi aytiladi.
Rossiya 24-fevraldan beri maxsus harbiy operatsiya o‘tkazmoqda. Vladimir Putin bir necha bor uning maqsadini “sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan bezorilik va genotsidga uchragan odamlarni himoya qilish” deb atagan.
Yangiliklar lentasi
0