https://oz.sputniknews.uz/20221123/mdh-mamlakatlari-jinoyatchilikka-qarshi-kurashishga-oid-dastur-loyihasini-kelishib-olishdi-30186617.html
MDH mamlakatlari jinoyatchilikka qarshi kurashishga oid dastur loyihasini kelishib olishdi
MDH mamlakatlari jinoyatchilikka qarshi kurashishga oid dastur loyihasini kelishib olishdi
Sputnik O‘zbekiston
Qo‘shma chora-tadbirlar Davlatlararo dasturi 2024–2028 yillarga mo‘ljallangan. 23.11.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-11-23T16:51+0500
2022-11-23T16:51+0500
2022-11-23T16:51+0500
siyosat
mdh
jinoyatchilik
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/08/19/27448854_336:157:1296:697_1920x0_80_0_0_0bf97468fac2f43e4c03470e7528dcb4.png
TOShKENT, 23 noya — Sputnik. Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) mamlakatlari jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha 2024–2028 yillarga mo‘ljallangan qo‘shma chora-tadbirlar Davlatlararo dasturi loyihasini kelishib olishdi.Minsk shahrida jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha 2024–2028 yillarga mo‘ljallangan qo‘shma chora-tadbirlar Davlatlararo dasturi va MDH Davlat rahbarlari kengashining mazkur masala bo‘yicha qarori loyihalarini muvofiqlashtirish bo‘yicha ekspert guruhining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.Tadbirda Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Moldova, Rossiya, Tojikiston, O‘zbekiston, shuningdek, Hamdo‘stlikning qator ixtisoslashgan sanoat tuzilmalari vakillari ishtirok etdi.Ma’lum qilinishicha, dasturning qabul qilinishi MDHga a’zo davlatlarning jinoyatchilikka qarshi kurashda o‘zaro hamkorligini tizimli rejalashtirish, vakolatli organlarning sa’y-harakatlarini muvofiqlashtirish zarurati bilan bog‘liq.Dastur transchegaraviy jinoyatchilikning barcha ko‘rinishlarida qarshi kurashish bo‘yicha tashkiliy-huquqiy va amaliy chora-tadbirlar majmuini o‘z ichiga oladi.Hujjatda odam savdosi, noqonuniy migratsiya, korrupsiyaga qarshi kurashish, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish, shuningdek, axborot texnologiyalaridan foydalangan holda sodir etilgan jinoyatlarga qarshi kurashish chora-tadbirlari ham o‘z aksini topgan.MDH Ijroiya qo‘mitasi raisi Beketjan Jumaxanovning so‘zlariga ko‘ra, mazkur hujjat loyihalari MDHga a’zo davlatlar Ichki ishlar vazirlari kengashi tomonidan maqullangan va taqdim etilgan.Loyihada muvofiqlashtirilgan idoralararo, tezkor va profilaktika tadbirlarini o‘tkazish, qo‘shma o‘quv mashg‘ulotlarida qatnashish amaliyotini davom ettirish, jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida o‘quv mashg‘ulotlari, faol axborot almashish masalalariga ustuvor ahamiyat beriladi.Ekspert guruhi a’zolari tomonidan kelib tushgan fikr-mulohazalar va takliflar ko‘rib chiqilib, hujjatlar loyihalari yakuniga yetkazildi va kelishib olindi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/08/19/27448854_327:0:1323:747_1920x0_80_0_0_c0c39298f6d3dec67f9de327dfbbb290.pngSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
siyosat, mdh, jinoyatchilik
siyosat, mdh, jinoyatchilik
MDH mamlakatlari jinoyatchilikka qarshi kurashishga oid dastur loyihasini kelishib olishdi
Qo‘shma chora-tadbirlar Davlatlararo dasturi 2024–2028 yillarga mo‘ljallangan.
TOShKENT, 23 noya — Sputnik. Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) mamlakatlari jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha 2024–2028 yillarga mo‘ljallangan qo‘shma chora-tadbirlar Davlatlararo dasturi loyihasini kelishib
olishdi. Minsk shahrida jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha 2024–2028 yillarga mo‘ljallangan qo‘shma chora-tadbirlar Davlatlararo dasturi va MDH Davlat rahbarlari kengashining mazkur masala bo‘yicha qarori loyihalarini muvofiqlashtirish bo‘yicha ekspert guruhining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Moldova, Rossiya, Tojikiston, O‘zbekiston, shuningdek, Hamdo‘stlikning qator ixtisoslashgan sanoat tuzilmalari vakillari ishtirok etdi.
Ma’lum qilinishicha, dasturning qabul qilinishi MDHga a’zo davlatlarning jinoyatchilikka qarshi kurashda o‘zaro hamkorligini tizimli rejalashtirish, vakolatli organlarning sa’y-harakatlarini muvofiqlashtirish zarurati bilan bog‘liq.
Dastur transchegaraviy jinoyatchilikning barcha ko‘rinishlarida qarshi kurashish bo‘yicha tashkiliy-huquqiy va amaliy chora-tadbirlar majmuini o‘z ichiga oladi.
Hujjatda odam savdosi, noqonuniy migratsiya, korrupsiyaga qarshi kurashish, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish, shuningdek, axborot texnologiyalaridan foydalangan holda sodir etilgan jinoyatlarga qarshi kurashish chora-tadbirlari ham o‘z aksini topgan.
MDH Ijroiya qo‘mitasi raisi Beketjan Jumaxanovning so‘zlariga ko‘ra, mazkur hujjat loyihalari MDHga a’zo davlatlar Ichki ishlar vazirlari kengashi tomonidan maqullangan va taqdim etilgan.
Loyihada muvofiqlashtirilgan idoralararo, tezkor va profilaktika tadbirlarini o‘tkazish, qo‘shma o‘quv mashg‘ulotlarida qatnashish amaliyotini davom ettirish, jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida o‘quv mashg‘ulotlari, faol axborot almashish masalalariga ustuvor ahamiyat beriladi.
Ekspert guruhi a’zolari tomonidan kelib tushgan fikr-mulohazalar va takliflar ko‘rib chiqilib, hujjatlar loyihalari yakuniga yetkazildi va kelishib olindi.