KXShT bosh kotibi: NATOning Ukrainani qo‘llab-quvvatlashi mojaroning kengayishiga olib keladi

© Sputnik / Asatur Yesayans / Mediabankka o‘tishStanislav Zas, arxivnoe foto
Stanislav Zas, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.11.2022
Obuna bo‘lish
Stanislav Zas NATO mamlakatlari KXShT javobgarligida bo‘lgan uning g‘arbiy chegaralariga yaqinlashib, Sharqiy Yevropada harbiy kontingentni ko‘paytirayotgani hamda harbiy infratuzilmanini takomillashtirayotganini qayd etdi.
TOShKENT, 23 noya — Sputnik. Ukrainani NATO mamlakatlari tomonidan ommaviy qo‘llab-quvvatlanishi mojaroning kengayishiga olib kelishi mumkin. Bu haqda Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (KXShT) bosh kotibi Stanislav Zas ma’lum qildi.

“Ukrainaning Shimoliy Atlantika alyansi va boshqa davlatlar tomonidan ommaviy qo‘llab-quvvatlanishi mojaroning kengayishi tahdidiga olib keladi, jumladan, unga boshqa davlatlarning jalb qilishini evaziga”, - dedi u KXShT tashqi ishlar, mudofaa vazirlari va Xavfsizlik kengashlari kotiblarining qo‘shma yig‘ilishida.

Zas NATO mamlakatlari KXShT javobgarligida bo‘lgan uning g‘arbiy chegaralariga yaqinlashib, Sharqiy Yevropada harbiy kontingentni ko‘paytirayotgani hamda harbiy infratuzilmanini takomillashtirayotganini qayd etdi.
“Shubhasiz, bu qo‘shimcha chaqiriqlarni yuzaga keltiradi, jumladan, bizning tashkilotimiz uchun ham”, - dedi KXShT bosh kotibi.
Rossiya 24-fevraldan buyon Ukrainada maxsus harbiy operatsiya olib bormoqda. Rossiya prezidenti Vladimir Putin uning asosiy vazifasini “Kiyev rejimi tomonidan sakkiz yil davomida tahqirlash, genotsidga uchragan odamlarni himoya qilish” deb atagan. Mamlakat Qurolli kuchlari oldida Donbassni ozod qilish va Rossiya xavfsizligini kafolatlash turibdi.
Maxsus operatsiya ortidan AQSh va uning NATO bo‘yicha ittifoqchilari milliardlarcha dollar sarflab, Kiyev rejimini qurol-yarog‘ bilan ta’minlab kelmoqda. Moskva G‘arb qurol-yarog‘larining yetkazib berilishi mojaroni cho‘zishi, qurol ortilgan transport esa Rossiya armiyasining qonuniy nishoniga aylanishini bir necha marta takrorlagan.
Yangiliklar lentasi
0