Bosh vazir raisligida Toshqinga qarshi hukumat komissiyasi tuzildi
© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaNa meste proriva Sardobinskogo vodoxranilisha v Sirdarinskoy oblasti
© Sputnik / Dilshoda Raxmatova
Obuna bo‘lish
Aholini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish tartibi belgilandi.
TOShKENT, 23 noya — Sputnik. O‘zbekiston bosh vaziri (Abdulla Aripov) raisligida Toshqinga qarshi hukumat komissiya tuzildi. Bu haqda "Norma" xabar berdi.
Qayd etilishicha, 18-noyabr kuni O‘zbekiston prezidentining “Aholini va hududlarni xavfli gidrometeorologik hodisalar hamda geologik jarayonlar bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingan.
Hujjat bilan aholini va hududlarni xavfli gidrometeorologik hodisalar hamda geologik jarayonlar bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish ishlarini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi Nizom tasdiqlandi. Uning asosiy normalari:
Toshqinga qarshi hukumat komissiyasining topshiriqlari barcha jismoniy hamda huquqiy shakli va idoraviy mansubligidan qat’i nazar barcha yuridik shaxslar uchun majburiy;
Toshqinga qarshi hududiy komissiyalarga Qoraqalpog‘iston Respublika Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari rahbarlik qiladi.
Shuningdek, O‘zgidromet hamda Davlat geologiya qo‘mitasi respublika hududlarida xavfli hodisalar jarayonlarning monitoringini olib boradi, yig‘ilgan qor hajmlarini, sel va ko‘chki xavfi mavjud uchastkalarni aniqlaydi.
Ko‘llar holatini aerovizual o‘rganishlarni amalga oshiradi, har yili yozgi mehnat va maktab ta’tillari boshlanishidan oldin bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlari, sanatoriylar, sayyohlik bazalari joylashgan hududlarning gidrologik va muhandislik-geologik holatini o‘rganib chiqadi.
Nizom bilan aholi va hududlarni toshqin va boshqa favqulodda hodisalardan himoya qilishning quyidagi tartibi o‘rnatilmoqda:
O‘zgidromet hamda Davlat geologiya qo‘mitasi har yili 20-fevralga qadar Toshqinga qarshi hukumat komissiyasiga va hududiy komissiyalarga xavfli hodisalar va jarayonlar faollashishi mumkin bo‘lgan hududlar, ushbu hududlarda joylashgan aholi punktlari va obyektlar, aholisi vaqtincha ko‘chirilishi yoki xavfli hududlardan xavfsiz hududlarga doimiy ko‘chirilishi lozim bo‘lgan xo‘jaliklar ro‘yxati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni, shuningdek, aholini va hududlarni muhofaza qilish maqsadida chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha takliflarni taqdim etadi;
Ishchi organ 1-martga qadar vazirliklar, idoralar, mahalliy hokimliklar bilan birgalikda taqdim etilgan ma’lumotlarga asosan tegishli yil uchun aholini va hududlarni xavfli gidrometeorologik hodisalar hamda geologik jarayonlar bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo‘yicha chora-tadbirlar loyihasini ishlab chiqadi hamda belgilangan tartibda Toshqinga qarshi hukumat komissiyasiga ko‘rib chiqish uchun kiritadi.
Bundan tashqari, Toshqinga qarshi hukumat komissiyasi 5-martga qadar tegishli yilda aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo‘yicha chora-tadbirlarni tasdiqlaydi. Vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar 10-martga qadar tegishli yil uchun chora-tadbirlar dasturlarini ishlab chiqadi va ushbu dasturlarda belgilangan tadbirlarning o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshirilishini ta’minlaydi.
Komissiya 10-martga qadar Toshqinga qarshi hukumat komissiyasi yig‘ilishining bayonidagi topshiriqlar ijrosini joylarda tashkil etish maqsadida tegishli hudud uchun zarur chora-tadbirlarni belgilaydi.