https://oz.sputniknews.uz/20221122/toshkentda-kocha-chiroqlari-ochirilishi-evaziga-elektr-sarfi-kamaydi-30154748.html
Toshkentda ko‘cha chiroqlari o‘chirilishi evaziga elektr sarfi kamaydi
Toshkentda ko‘cha chiroqlari o‘chirilishi evaziga elektr sarfi kamaydi
Sputnik O‘zbekiston
Tejalgan elektr energiyasi respublikadagi 4 400 ta xonadonning o‘rtacha bir oylik iste’molini tashkil etadi - tafsilotlar. 22.11.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-11-22T13:56+0500
2022-11-22T13:56+0500
2022-11-22T13:56+0500
jamiyat
toshkent
elektr energiyasi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/09/08/27907204_0:0:3641:2048_1920x0_80_0_0_028d0b7a918d02c82453a0a2425fbf26.jpg.webp
TOShKENT, 22 noya — Sputnik. Toshkentdagi ayrim ko‘cha chiroqlari o‘chirilishi natijasida kunlik elektr energiyasi sarfi 25 foizga kamaydi. Bu haqida Toshshaharnur xabar berdi.Toshkentda 16-noyabrdan boshlab ko‘cha yoritish tarmoqlarida qo‘shimcha energiya sarfini cheklash rejimi joriy etililishi natijasida o‘rtacha energiyaning kunlik iste’moli 87,8 ming kVt-soatni tashkil etdi. Bu ko‘rsatgich oktabr oyida 115,9 ming kVt-soatga teng bo‘lgan.Eslatib o‘tamiz, 16-noyabrdan Toshkent shahrida ko‘cha yoritish tizimlari energiya tejash rejimiga o‘tkazildi. Bu asosan markaziy ko‘chalarning yoritish tizimiga va illyuminatsiya chiroqlariga taaluqli bo‘lib, ko‘cha chiroqlari butunlay o‘chirilmaydi. Ko‘chalar, aholi yashash joylari, mavze va mahallalar meyor darajasida yoritilishi ta’minlanadi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/09/08/27907204_0:0:2731:2048_1920x0_80_0_0_4002e33cd370845dca9955aae4c8ac85.jpg.webpSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, toshkent, elektr energiyasi
jamiyat, toshkent, elektr energiyasi
Toshkentda ko‘cha chiroqlari o‘chirilishi evaziga elektr sarfi kamaydi
Tejalgan elektr energiyasi respublikadagi 4 400 ta xonadonning o‘rtacha bir oylik iste’molini tashkil etadi - tafsilotlar.
TOShKENT, 22 noya — Sputnik. Toshkentdagi ayrim ko‘cha chiroqlari o‘chirilishi natijasida kunlik elektr energiyasi sarfi 25 foizga kamaydi. Bu haqida Toshshaharnur xabar
berdi. Toshkentda 16-noyabrdan boshlab ko‘cha yoritish tarmoqlarida qo‘shimcha energiya sarfini cheklash rejimi joriy etililishi natijasida o‘rtacha energiyaning kunlik iste’moli 87,8 ming kVt-soatni tashkil etdi. Bu ko‘rsatgich oktabr oyida 115,9 ming kVt-soatga teng bo‘lgan.
“Kuniga 28 100 kVt-soat yoki oyiga 843 000 kVt-soat elektr energiyasi tejaldi. Taqqoslash uchun ushbu tejalgan elektr energiyasi respublikadagi 4 400 ta xonadonning o‘rtacha bir oylik iste’molini tashkil etadi”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, 16-noyabrdan Toshkent shahrida ko‘cha yoritish tizimlari energiya tejash rejimiga o‘tkazildi. Bu asosan markaziy ko‘chalarning yoritish tizimiga va illyuminatsiya chiroqlariga taaluqli bo‘lib, ko‘cha chiroqlari butunlay o‘chirilmaydi. Ko‘chalar, aholi yashash joylari, mavze va mahallalar meyor darajasida yoritilishi
ta’minlanadi.