Toqayevning Qozog‘iston prezidenti saylovidagi g‘alabasi rasman e’lon qilindi

© Foto : Press-slujba Prezidenta Respubliki KazaxstanKasim-Jomart Tokayev. Poslanie narodu Kazaxstana-2022
Kasim-Jomart Tokayev. Poslanie narodu Kazaxstana-2022  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.11.2022
Obuna bo‘lish
Ta’kidlanishicha, Qozog‘iston prezidentining inauguratsiyasi 26-noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.
TOShKENT, 22 noya — Sputnik. Qozog‘istonning amaldagi prezidenti Qosim-Jomart Toqayev navbatdan tashqari prezidentlik saylovida 81,31 foiz ovoz to‘plab, g‘alaba qozondi. Bu haqda respublika Markaziy saylov komissiyasi raisi Nurlan Abdirov yakuniy ma’lumotlarga tayanib ma’lum qildi.
20 noyabr kuni Qozog‘istonda muddatidan oldin prezidentlik saylovi bo‘lib o‘tdi.
“Toqayev 81,31 foiz to‘pladi”, dedi Abdirov seshanba kuni MSK yig‘ilishida.
Markaziy saylov komissiyasining yakuniy ma’lumotlariga ko‘ra, saylovchilarning 69,44 foizi ishtirok etgan.
Ta’kidlanishicha, Qozog‘iston prezidentining inauguratsiyasi 26-noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.
Yangiliklar lentasi
0