Tennis: Nigina Abduraimova ITF W60 turnirida sovrindor bo‘ldi

© Sportni rivojlantirish vazirligi Nigina Abduraimova
Nigina Abduraimova  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.11.2022
Obuna bo‘lish
Nigina Abduraimova 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
TOShKENT, 22 noya — Sputnik. Nigina Abduraimova tennis bo‘yicha o‘tkazilgan ITF W60 turnirida sovrindor bo‘ldi. Bu haqida Sportni rivojlantirish vazirligi xabar berdi.
Slovakiyaning Bratislava shahrida 14-20 noyabr kunlari tennis bo‘yicha ITF W60 turniri o‘tkazildi.
Ushbu musobaqada Nigina Abduraimova ham muvaffaqiyatli ishtirok etdi. Finalda tennischi xorvatiyalik Ana Konyuxga qarshi kortga chiqdi.
3 set davom etgan bahsda Nigina reytingda o‘zidan yuqorida turgan raqibasiga 6/2, 0/6, 6/7(2) hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Shu tariqa, sovrin jamg‘armasi 60 ming dollarni tashkil etuvchi ushbu turnirda Nigina Abduraimova 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Yangiliklar lentasi
0