https://oz.sputniknews.uz/20221122/shavkat-mirziyoev-frantsiya-biznesi-vakillari-bilan-uchrashdi-30149033.html
Shavkat Mirziyoyev Fransiya biznesi vakillari bilan uchrashdi
Shavkat Mirziyoyev Fransiya biznesi vakillari bilan uchrashdi
Sputnik O‘zbekiston
Rasmiy tashrif doirasida Shavkat Mirziyoyev Fransiyaning yirik korxona rahbarlari, investorlar va boshqa biznes vakillari bilan uchrashdi. 22.11.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-11-22T10:44+0500
2022-11-22T10:44+0500
2022-11-22T10:44+0500
iqtisod
shavkat mirziyoyev
fransiya
biznes
uchrashuv
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0b/16/30149178_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_543d4f97e372e3ba4a0456c6ca591e77.jpg
TOShKENT, 22 noya - Sputnik. O‘zbekiston grezidenti Shavkat Mirziyoyev Fransiyaga rasmiy tashrifi doirasida yetakchi kompaniya va moliyaviy tuzilmalar rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.Uchrashuvda Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston iqtisodiyotida yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish quvvatlarini barpo etish, “yashil” energetika, oziq-ovqat sanoati, kimyo va avtomobilsozlik, elektrotexnika va elektronika tarmoqlari, sog‘liqni saqlash sohasini uzoq muddatli va o‘zaro manfaatli hamkorlik uchun eng istiqbolli yo‘nalishlar sifatida qayd etdi.Shuningdek, O‘zbekiston fransiyalik tadbirkorlarni ishlab chiqarish uchun zarur infratuzilma bilan ta’minlash, imtiyozlar va kafolatlangan xaridlar ko‘rinishida qo‘llab-quvvatlash va boshqa ko‘mak choralarini taqdim etishga tayyor ekani ta’kidlandi.Undan tashqari, O‘zbekistonda xorijiy investorlar uchun keng imkoniyatlar yaratilgani, jumladan valyuta bozori erkinlashtirilgani, foydani repatriatsiya qilishni cheklovchi barcha to‘siqlar bekor qilingani, banklar, yirik sanoat va infratuzilma obyektlarini xususiylashtirish dasturi boshlangani hamda davlat-xususiy sheriklik mexanizmlari faol joriy etilayotgani alohida ta’kidlab o‘tildi. Fransiya tomonidan tadbirda "MEDEF" Fransiya korxonalari harakati bosh direktori Filipp Gotye, "Airbus", "Orano", "Suez", "Alstom", "Total Eren", "EDF", "Schneider Electric", "Natixis" kabi 20 taga yaqin yirik kompaniya va banklar rahbarlari ishtirok etdi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0b/16/30149178_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_b1696c407bd212f81bfbe5f2ecfb1290.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisod, shavkat mirziyoyev, fransiya, biznes, uchrashuv
iqtisod, shavkat mirziyoyev, fransiya, biznes, uchrashuv
Shavkat Mirziyoyev Fransiya biznesi vakillari bilan uchrashdi
Rasmiy tashrif doirasida Shavkat Mirziyoyev Fransiyaning yirik korxona rahbarlari, investorlar va boshqa biznes vakillari bilan uchrashdi.
TOShKENT, 22 noya - Sputnik. O‘zbekiston grezidenti Shavkat Mirziyoyev Fransiyaga rasmiy tashrifi doirasida yetakchi kompaniya va moliyaviy tuzilmalar rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston iqtisodiyotida yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish quvvatlarini barpo etish, “yashil” energetika, oziq-ovqat sanoati, kimyo va avtomobilsozlik, elektrotexnika va elektronika tarmoqlari, sog‘liqni saqlash sohasini uzoq muddatli va o‘zaro manfaatli hamkorlik uchun eng istiqbolli yo‘nalishlar sifatida qayd etdi.
Shuningdek, O‘zbekiston fransiyalik tadbirkorlarni ishlab chiqarish uchun zarur infratuzilma bilan ta’minlash, imtiyozlar va kafolatlangan xaridlar ko‘rinishida qo‘llab-quvvatlash va boshqa ko‘mak choralarini taqdim etishga tayyor ekani ta’kidlandi.
Undan tashqari, O‘zbekistonda xorijiy investorlar uchun keng imkoniyatlar yaratilgani, jumladan valyuta bozori erkinlashtirilgani, foydani repatriatsiya qilishni cheklovchi barcha to‘siqlar bekor qilingani, banklar, yirik sanoat va infratuzilma obyektlarini xususiylashtirish dasturi boshlangani hamda davlat-xususiy sheriklik mexanizmlari faol joriy etilayotgani alohida ta’kidlab o‘tildi.
Fransiya tomonidan tadbirda "MEDEF" Fransiya korxonalari harakati bosh direktori Filipp Gotye, "Airbus", "Orano", "Suez", "Alstom", "Total Eren", "EDF", "Schneider Electric", "Natixis" kabi 20 taga yaqin yirik kompaniya va banklar rahbarlari ishtirok etdi.