https://oz.sputniknews.uz/20221122/rossiya-markaziy-banki-30162157.html
Rossiya Markaziy banki xorijga pul o‘tkazmalar uchun yangi tizim ishga tushirmoqda
Rossiya Markaziy banki xorijga pul o‘tkazmalar uchun yangi tizim ishga tushirmoqda
Sputnik O‘zbekiston
Rossiya MBning SBP pul o‘tkazmalar tizimi yil oxiriga qadar Belarusda, kelgusi yilda YeOII davlatlarida ishga tushadi. 22.11.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-11-22T17:19+0500
2022-11-22T17:19+0500
2023-04-05T18:42+0500
markaziy bank
to‘lov
migrantlar
pul jo‘natmalari
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/04/06/23815265_0:0:3072:1728_1920x0_80_0_0_a220eba37d05f8bc44dc964920934e47.jpg
TOShKENT, 22 noya - Spurtnik. Rossiya Markaziy banki SBP (Sistema bistrix platejey - tez pul o‘tkazish tizimi) tizimi orqali jismoniy shaxslar orasida xorijga pul o‘tkazmalar uchun yagona komissiya joriy etdi. Ma’lumot uchun, SBP (Sistema bistrix platejey) - Rossiya Markaziy bankiga tegishi to‘lov tizimi bo‘lib, u Rossiyada 2019-yilda paydo bo‘lgan edi. Ayni damda unga Rossiyaning deyarli barcha yirik banklari va qator xorijiy banklar qo‘shilgan. Jami 217 ta bank. SBP yordamida jimoniy shaxslar orasida 150 000 rubl miqdorigacha bo‘lgan pul o‘tkazmalari amalga oshirish mumkin. O‘tkazma cheklovlari bir kunda - 150 000 rublgacha, bir oyda - 600 000 rublgacha. Summasi 100 000 rublgacha bo‘lgan pul o‘tkazmalari 2024-yilning 1-iyulga qadar komissiya olmasdan amalga oshiriladi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 2022-yil oxiriga qadar SBP to‘lovlari Belarusda ishga tushishi rejalashtirilgan. 2023-yildan boshlab esa ushbu to‘lov tizimi Qozog‘iston va Armanistonda va boshqa YeOII davlatlarida ishga tushishi belgilangan. Rossiya MB ma’lumotiga ko‘ra, SPB tizimiga xorijiy banklar qo‘shilishi mumkin.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/04/06/23815265_39:0:2770:2048_1920x0_80_0_0_749c26c8da65fcb956b7ea4b0a291041.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
markaziy bank, to‘lov, migrantlar, pul jo‘natmalari, rossiya
markaziy bank, to‘lov, migrantlar, pul jo‘natmalari, rossiya
Rossiya Markaziy banki xorijga pul o‘tkazmalar uchun yangi tizim ishga tushirmoqda
17:19 22.11.2022 (yangilandi: 18:42 05.04.2023) Rossiya MBning SBP pul o‘tkazmalar tizimi yil oxiriga qadar Belarusda, kelgusi yilda YeOII davlatlarida ishga tushadi.
TOShKENT, 22 noya - Spurtnik. Rossiya Markaziy banki SBP (Sistema bistrix platejey - tez pul o‘tkazish tizimi) tizimi orqali jismoniy shaxslar orasida xorijga pul o‘tkazmalar uchun yagona komissiya joriy etdi.
O‘tkazma summasidan qat’i nazar, komissiya faqat jo‘natuvchi bank tomonidan Rossiya bankiga 6 rubl miqdorida to‘lanadi. Yakuniy pul oluvchi uchun transchegaraviy o‘tkazmalar bepul bo‘ladi, chunki banklar undan komissiya ololmaydilar, - deyilgan Markaziy bank xabarida.
Ma’lumot uchun, SBP (Sistema bistrix platejey) - Rossiya Markaziy bankiga tegishi to‘lov tizimi bo‘lib, u Rossiyada 2019-yilda paydo bo‘lgan edi. Ayni damda unga Rossiyaning deyarli barcha yirik banklari va qator xorijiy banklar qo‘shilgan. Jami 217 ta bank.
SBP yordamida jimoniy shaxslar orasida 150 000 rubl miqdorigacha bo‘lgan pul o‘tkazmalari amalga oshirish mumkin. O‘tkazma cheklovlari bir kunda - 150 000 rublgacha, bir oyda - 600 000 rublgacha. Summasi 100 000 rublgacha bo‘lgan pul o‘tkazmalari 2024-yilning 1-iyulga qadar komissiya olmasdan amalga oshiriladi.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 2022-yil oxiriga qadar SBP to‘lovlari Belarusda ishga tushishi rejalashtirilgan. 2023-yildan boshlab esa ushbu to‘lov tizimi Qozog‘iston va Armanistonda va boshqa YeOII davlatlarida ishga tushishi belgilangan. Rossiya MB ma’lumotiga ko‘ra, SPB tizimiga xorijiy banklar qo‘shilishi mumkin.