Quyuq tuman Urganch aeroporti ishini vaqtincha chekladi

© Press-slujba "Uzbekistan Airports"Tuman ogranichil rabotu aeroporta "Urgench"
Tuman ogranichil rabotu aeroporta Urgench - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.11.2022
Obuna bo‘lish
Moskvadan Urganchga uchgan reyslar Navoiy va Buxoro aeroportlariga yo‘naltirilgan. Toshkent-Urganch reysining parvozi ham kechiktirilgan.
TOShKENT, 22 noya — Sputnik. Urganch xalqaro aeroporti bugun tunda bir necha reysni qabul qila olmadi, deb xabar bermoqda “Uzbekistan Airports”.
“Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining Moskva – Urganch yo‘nalishidagi HY-9616 yo‘lovchi reysi soat 03:30 da quyuq tuman va ko‘rish masofasi 300 metrdan kam bo‘lganligi sababli belgilangan aeroportga qo‘na olmagan. Shu bois Navoiy shahridagi muqobil aerodromga yo‘naltirilgan.
Xuddi shu sababga ko‘ra Moskvadan SBI-3245 reysini amalga oshirayotgan S7 aviakompaniyasining samolyoti Urganch aeroportiga soat 03:00 da qo‘na olmagan. Samolyot Buxoro aeroportiga yo‘naltirilgan.
Toshkent – Urganch yo‘nalishidagi HY-53 reysining parvozi ham kechiktirilgan.
Ertalab tuman tarqagach, SBI -3245 reysi Buxorodan Urganchga soat 09:30 da, HY-9616 reysi Navoiydan soat 09:20 da, HY -53 reysi Toshkentdan soat 09:48 da uchgan. HY -53 reysi Urganchga soat 10:55 da qo‘nishi kutilmoqda.
S7 aviakompaniyasining Urganchdan Moskvaga qaytish reysi mahalliy vaqt bilan 22:05 ga belgilangan.
Yangiliklar lentasi
0