Qrim borasida Ukraina va G‘arb o‘rtasida ixtilof bor - "Politico"

© © RIA Novosti / Dmitriy MakeyevPereyti v mediabankNaberejnaya v Sudake. Arxivnoe foto
Naberejnaya v Sudake. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.11.2022
Obuna bo‘lish
Nashrning manbalariga tayanib yozishicha, G‘arb va Ukrainaning Qrim bo‘yicha manfaatlari turlicha.
TOShKENT, 22 - noya Sputnik. G‘arb va Ukrainaning Qrim bo‘yicha munosabatlari bir-biriga to‘liq o‘xshamaydi, deya xabar qilmoqda "Politico" nashri manbalariga tayanib.

“Qrimga kelganda G‘arb va Ukraina manfaatlari to‘g‘ri kelmayotganini kuzatapmiz”, deyiladi nashr xabarida.

Yozilishicha, amerikalik amaldorlar Ukraina qo‘shinlarining Qrimga ehtimoliy hujumlaridan qo‘rqishadi. Amerikalik va yevropalik amaldorlar Rossiya prezidenti Vladimir Putinningg hujumiga keskinlik bilan javob berishini istashmaydi.
Avvalroq Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy devoni rahbari Andrey Yermak Qrimni nazorat qilish boshlash bo‘yicha Kiyev harbiy kampaniya boshlashni rejalashtirayotganini aytgan edi. Biroq yarimorolga hujum boshlash vaqtini ma’lum qilmagan.
Keyinchalik Rossiya mudofaa va xavfsizlik bo‘yicha Federatsiya kengashining raisi Viktor Bondarev Ukrainaning Qrimga hujum qilish uchun resurslari ham, harbiy kuchi ham yo‘qligini, shunday ekan, Kiyev bu kabi so‘zlardan nariga o‘ta olmasligini aytgan. Qrim hududidan Davlat dumasi deputati Mixail Sheremet agar Kiyev Qrimga hujum qilish harakatlarini boshlasa, “unga yakuniy vayronkor zarba berilishini” aytgan.
Qrim 2014-yili Ukrainadagi davlat to‘ntarishlaridan so‘ng o‘tkazilgan referendumlar natijasiga ko‘ra Rossiya hududiga aylangan. Referendumda Qrimdagi 96,77 % , Sevastopoldagi 95,6 % aholi hududning Rossiya tarkibiga o‘tkazilishini so‘ragan. Ukraina avvalgidek Qrimni o‘ziniki deb biladi. Rossiya hukumati bir necha marotaba Qrim aholisi demokratik yo‘l bilan, xalqaro huquq va BMT Nizomiga ko‘ra Rossiyaga qo‘shilish haqida ovoz berganliklarini ta’kidlagan. Rossiya prezidentining aytishicha, Qrim masalasi “batamom yopilgan”.
Yangiliklar lentasi
0