https://oz.sputniknews.uz/20221122/qirgiziston-kazinolarga-tashrif-buyuruvchilar-uchun-vizani-bekor-qilmoqchi-30169038.html
Qirg‘iziston kazinolarga tashrif buyuruvchilar uchun vizani bekor qilmoqchi
Qirg‘iziston kazinolarga tashrif buyuruvchilar uchun vizani bekor qilmoqchi
Sputnik O‘zbekiston
Mamlakat ushbu loyiha investitsiyalarni jalb etish va qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratishga qaratilganini tushuntirgan. 22.11.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-11-22T21:13+0500
2022-11-22T21:13+0500
2022-11-22T21:13+0500
dunyoda
qirg‘iziston
sadir japarov
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/947/12/9471259_0:322:3069:2048_1920x0_80_0_0_37acdf322ec0b405b5067bf4e109b1af.jpg
TOShKENT, 22 noya - Sputnik. Qirg‘iziston Vazirlar mahkamasi respublikaga kazinoga tashrif buyurish uchun kelgan xorijliklar uchun vizalarni bekor qilishni taklif qilmoqda, tegishli qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan.Hujjatga ko‘ra, mazkur qonun loyihasining maqsadi “kelishdan maqsadi Qirg‘iziston respublikasi hududidagi maxsus qimor o‘yinlari zonalariga tashrif buyurish bo‘lgan chet el fuqarolari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish”dir.Hujjatda qimor o‘yinlari zonasi chegaralarini buzgan xorij fuqarolari uchun javobgarlik joriy etish ham taklif qilingan. Buning uchun ularga katta miqdorda jarima solinishi yoki ular ikki yillik qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin.Qirg‘izistonda qimor o‘yinlariga ruxsat beruvchi qonun yozda prezident Sadir Japarov tomonidan imzolangan edi. Birinchi kazinolar Issiqko‘l kurort qirg‘og‘ida paydo bo‘lishi rejalashtirilgan. Qabul qilingan qonun loyihasiga ko‘ra, kazinoda faqat xorijliklar o‘ynashi mumkin bo‘ladi.
qirg‘iziston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/947/12/9471259_0:0:2731:2048_1920x0_80_0_0_417f8eeafd033aad4c170a8664be3de1.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, qirg‘iziston, sadir japarov
dunyoda, qirg‘iziston, sadir japarov
Qirg‘iziston kazinolarga tashrif buyuruvchilar uchun vizani bekor qilmoqchi
Mamlakat ushbu loyiha investitsiyalarni jalb etish va qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratishga qaratilganini tushuntirgan.
TOShKENT, 22 noya - Sputnik. Qirg‘iziston Vazirlar mahkamasi respublikaga kazinoga tashrif buyurish uchun kelgan xorijliklar uchun vizalarni bekor qilishni taklif qilmoqda, tegishli qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasiga
qo‘yilgan.
“Ixtisoslashgan qimor zonasi hududiga kelgan chet el fuqarolari Qirg‘iziston respublikasiga kirishlari va Qirg‘iziston respublikasidan vizasiz va amaldagi hujjatni rasmiylashtirmasdan chiqib ketishlari mumkin. Ixtisoslashtirilgan qimor zonasi hududiga kelgan chet el fuqarolari Qirg‘iziston respublikasiga kirishda va Qirg‘iziston respublikasidan chiqib ketishda fuqaroning shaxsini tasdiqlash uchun amaldagi hujjatni taqdim etishi shart”, - deyiladi qonun loyihasida.
Hujjatga ko‘ra, mazkur qonun loyihasining maqsadi “kelishdan maqsadi Qirg‘iziston respublikasi hududidagi maxsus qimor o‘yinlari zonalariga tashrif buyurish bo‘lgan chet el fuqarolari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish”dir.
“Ushbu loyiha investitsiyalarni jalb etish va qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratishga qaratilgan”, deyiladi qonun loyihasida.
Hujjatda qimor o‘yinlari zonasi chegaralarini buzgan xorij fuqarolari uchun javobgarlik joriy etish ham taklif qilingan. Buning uchun ularga katta miqdorda jarima solinishi yoki ular ikki yillik qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin.
Qirg‘izistonda qimor o‘yinlariga ruxsat beruvchi qonun yozda prezident Sadir Japarov tomonidan imzolangan edi. Birinchi kazinolar Issiqko‘l kurort qirg‘og‘ida paydo bo‘lishi rejalashtirilgan. Qabul qilingan qonun loyihasiga ko‘ra, kazinoda faqat xorijliklar o‘ynashi mumkin bo‘ladi.