Jamiyat

Oʻzbekiston va rossiyalik restavratorlar oʻzaro tajriba almashadi

© Turizm va madaniy meros vaziriligiAziz Abduhakimov Rossiya Madaniyat vazirining oʻrinbosari Nadejda Prepodobnaya bilan uchrashdi
Aziz Abduhakimov Rossiya Madaniyat vazirining oʻrinbosari Nadejda Prepodobnaya bilan uchrashdi - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.11.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Turizm vazirligida Rossiya Federatsiyasi Madaniyat vazirining oʻrinbosari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
TOSHKENT, 22 noya — Sputnik. Rossiyalik usta-restavratorlar muzeylar sohasida oʻzaro tajriba almashish maqsadida Oʻzbekistonga tashrif buyuradi, deb xabar qilmoqda Turizm vazirligi.
Aziz Abduhakimov hamda Rossiya Federatsiyasi Madaniyat vazirining oʻrinbosari Nadejda Prepodobnaya oʻrtasida boʻlib oʻtgan uchrashuvda turizm, madaniyat va muzeylar sohasidagi ikki tomonlama hamkorlik aloqalarining bugungi holati va kelajakdagi istiqboli muhokama qilindi.
Shuningdek, muzeylar sohasi bilan bir qatorda madaniy meros obʼyektlarini restavratsiya qilish sohasida ham hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish, oʻzaro tajriba almashish maqsadida rossiyalik usta-restavratorlarning mamlakatga tashrifini amalga oshirishga kelishib olishdi.
Bundan tashqari, 2023 yilda Oʻzbekistonda oʻtkazilishi rejalashtirilgan “Rus fasli” loyihasi Dasturi atroflicha muhokama etildi.
Shu bilan birga, Rossiyadagi Oʻzbekistonga oid madaniy boyliklardan nusxa olish, ular toʻgʻrisida maʼlumotlar toʻplash ishlarini jadallashtirish boʻyicha aniq chora-tadbirlar ham belgilab olindi.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Toshkentda Oʻzbekiston va Rossiya muzey xodimlarining anjumani boʻlib oʻtgan edi. Anjuman doirasida ishtirokchilar Oʻzbekiston va Rossiyada muzey sohasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida soʻz yuritib, oʻz tajribalari bilan oʻrtoqlashishdi, muzeylar oʻrtasidagi hamkorlik muhokama qilindi.
Anjuman doirasida oʻtkazilgan forumda Sankt-Peterburg davlat kino va televideniye instituti Oʻzbekiston Respublikasi Davlat sanʼat va madaniyat instituti bilan hamkorlik memorandumi imzolandi.
Yangiliklar lentasi
0