https://oz.sputniknews.uz/20221122/moliya-vazirligi-ozbekiston-tashqi-qarzi-borasida-toliq-hisobot-elon-qildi-30150373.html
Moliya vazirligi O‘zbekiston tashqi qarzi borasida to‘liq hisobot e’lon qildi
Moliya vazirligi O‘zbekiston tashqi qarzi borasida to‘liq hisobot e’lon qildi
Sputnik O‘zbekiston
Moliya vazirligi O‘zbekistonning davlat qarzi 2022-yilning dastlabki olti oyida qanday o‘zgarganini ma’lum qildi. 22.11.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-11-22T12:56+0500
2022-11-22T12:56+0500
2022-11-22T12:56+0500
davlat qarzi
moliya vaziri
iqtisod
o‘zbekiston
tashqi qarz
yaim
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/199/20/1992019_0:107:2048:1259_1920x0_80_0_0_b3c89c003374db92159b93cfc2b59a92.jpg
TOShKENT, 22 noya — Sputnik. 2022-yilning birinchi yarim yilligida O‘zbekiston davlat qarzi kamaydi. Bu haqda Moliya vazirligining davlat qarzi holati va dinamikasi sharhida ko‘rsatilgan.Xususan, joriy yilning 1-iyul holatiga davlat qarzi 26,0 mlrd. AQSh dollarini yoki YaIMning 35,1 %ni tashkil etdi. Bu 2021-yil yakuniga qaraganda 0,3 mlrd dollarga kam. Hisobotga ko‘ra ushbu qarzning 23,3 milliardi - davlat tashqi qarzi va 2,8 milliardi - davlat ichki qarziga to‘g‘ri keladi. Tashqi qarzining asosiy manbaalari: Olingan qarz qaysi sohalarga sarflanmoqda:Tashqi qarz darajasidagi o‘zgarishlar Moliya vazirligi hisobotida qayd etilishiga ko‘ra, O‘zbekiston tashqi qarzi miqdori YaIMga nisbatan kamayib bormoqda. Xususan 2020-yilda tashqi qarz YaIMning 39%ini tashkil etgan bo‘lsa 2022-yilning birinchi yarim yilligida - 35,1 %ni tashkil qildi. Qayd etish joizki, O‘zbekiston iqtisodiyoti 2022-yilda barqaror ijobiy o‘sish dinamikasi namoyish etmoqda. Xususan real YaIM o‘sishi 5,4 %ni tashkil etdi.Shuningdek, davlat nomidan va kafolati ostida imzolangan qarz bitimlari hajmi ham kamaymoqda. Masalan, 2019-yilda davlat kafolati ostida $ 8,9 mlrd.lik bitimlar imzolangan bo‘lsa, 2020-yilda $ 5,4 milliardlik, 2021-yilda esa $ 4,9 milliardlik qarz bitimlar imzolangan. Xalqaro valyuta jamg‘armasining hisobotida ko‘rsatilishiga ko‘ra, O‘zbekiston davlat tashqi qarzi "mo‘’tadil" darajada hisoblanadi. Xalqaro baholash agentliklari (Fitch Ratings, S&P) ham O‘zbekiston iqtisodiyotini "BB-", ya’ni barqaror kutilma darajasida baholashmoqda.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/199/20/1992019_114:0:1934:1365_1920x0_80_0_0_6e463b084d56010a6a43645566cb3b14.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
davlat qarzi, moliya vaziri, iqtisod, o‘zbekiston, tashqi qarz, yaim
davlat qarzi, moliya vaziri, iqtisod, o‘zbekiston, tashqi qarz, yaim
Moliya vazirligi O‘zbekiston tashqi qarzi borasida to‘liq hisobot e’lon qildi
Moliya vazirligi O‘zbekistonning davlat qarzi 2022-yilning dastlabki olti oyida qanday o‘zgarganini ma’lum qildi.
TOShKENT, 22 noya — Sputnik. 2022-yilning birinchi yarim yilligida O‘zbekiston davlat qarzi kamaydi. Bu haqda Moliya vazirligining davlat qarzi holati va dinamikasi
sharhida ko‘rsatilgan.
Xususan, joriy yilning 1-iyul holatiga davlat qarzi 26,0 mlrd. AQSh dollarini yoki YaIMning 35,1 %ni tashkil etdi. Bu 2021-yil yakuniga qaraganda 0,3 mlrd dollarga kam.
Hisobotga ko‘ra ushbu qarzning 23,3 milliardi - davlat tashqi qarzi va 2,8 milliardi - davlat ichki qarziga to‘g‘ri keladi.
Tashqi qarzining asosiy manbaalari:
Osiyo taraqqiyot banki $ 5,4 mlrd.
Xalqaro investorlar $ 2,6 mlrd.
Xitoy davlat taraqqiyot banki $ 2,2 mlrd.
Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi $ 1,8 mlrd.
Xitoy eksimbanki $ 1,9 mlrd.
Islom taraqqiyot banki $ 0,9 mlrd.
Boshqa xalqaro moliya tashkilotlari $ 4,1 mlrd.
Olingan qarz qaysi sohalarga sarflanmoqda:
$ 6,0 mlrd - davlat budjetini qo‘llabquvvatlashga;
$ 2,7 mlrd - elektr-energetika sohasiga;
$ 3,0 mlrd - energetika sohasiga;
$ 2,5 mlrd - transport va transport infratuzilmasiga;
$ 2,4 mlrd - qishloq va suv xo‘jaligiga;
$ 2,2 mlrd - uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasi;
$ 1,4 mlrd - tijorat banklari;
$ 1,1 mlrd - kimyo sanoati;
$ 0,8 mlrd - ta’lim va sog‘liqni saqlash;
$ 0,2 mlrd - telekommunikatsiya;
$ 1,0 mlrd - boshqa sohalar;
Tashqi qarz darajasidagi o‘zgarishlar
Moliya vazirligi hisobotida qayd etilishiga ko‘ra, O‘zbekiston tashqi qarzi miqdori YaIMga nisbatan kamayib bormoqda. Xususan 2020-yilda tashqi qarz YaIMning 39%ini tashkil etgan bo‘lsa 2022-yilning birinchi yarim yilligida - 35,1 %ni tashkil qildi.
Qayd etish joizki, O‘zbekiston iqtisodiyoti 2022-yilda barqaror ijobiy o‘sish dinamikasi namoyish etmoqda. Xususan real YaIM o‘sishi 5,4 %ni tashkil etdi.
Shuningdek, davlat nomidan va kafolati ostida imzolangan qarz bitimlari hajmi ham kamaymoqda. Masalan, 2019-yilda davlat kafolati ostida $ 8,9 mlrd.lik bitimlar imzolangan bo‘lsa, 2020-yilda $ 5,4 milliardlik, 2021-yilda esa $ 4,9 milliardlik qarz bitimlar imzolangan.
Xalqaro valyuta jamg‘armasining hisobotida ko‘rsatilishiga ko‘ra, O‘zbekiston davlat tashqi qarzi "mo‘’tadil" darajada hisoblanadi. Xalqaro baholash agentliklari (Fitch Ratings, S&P) ham O‘zbekiston iqtisodiyotini "BB-", ya’ni barqaror kutilma darajasida baholashmoqda.