https://oz.sputniknews.uz/20221122/indoneziyada-zilzila-qurbonlari-soni-250-nafardan-oshib-ketdi-30165456.html
Indoneziyada zilzila qurbonlari soni 250 nafardan oshib ketdi
Indoneziyada zilzila qurbonlari soni 250 nafardan oshib ketdi
Sputnik O‘zbekiston
Zilzila qurbonlari soni ortishda davom etapti. Ma’lumotlar muntazam yangilanyapti. 22.11.2022, Sputnik O‘zbekiston
2022-11-22T19:54+0500
2022-11-22T19:54+0500
2022-11-22T20:19+0500
indoneziya
zilzila
tabiiy ofat
qurbonlar
favqulodda holat
dunyoda
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0b/16/30167675_0:0:640:360_1920x0_80_0_0_3744b7acf1411943fdbad9a73c55efdc.jpg
TOShKENT, 22 noya — Sputnik. Indoneziyaning Chianjur shahrida sodir bo‘lgan zilzila oqibatida halok bo‘lganlar soni 268 nafarga yetdi. Bu haqda “Detik” portali mamlakat tabiiy ofatlarni nazorat qilish xizmati rahbariga tayanib, xabar berdi.Tabiiy ofat oqibatida kamida 377 kishi jarohatlangan, 31 kishi bedarak yo‘qolgan. 2300 dan ortiq uy butunlay vayron bo‘lgan yoki jiddiy zarar ko‘rgan. Zilzilaning halokatli kuchi silkinish epimarkazining yuzaroqda joylashgani bilan bog‘liq. Bundan tashqari, zilzila kamida bitta qishloqni qamrab olgan ko‘chkini keltirib chiqardi.Suxaryanto, shuningdek, 122 nafar qurbonning shaxsi aniqlanganini aytdi. Identifikatsiya jarayoni davom etmoqda.Eslatib o‘tamiz, 21-noyabr kuni G‘arbiy Yava provinsiyasining Chianjur okrugining janubi-g‘arbiy qismida 5,6 magnitudali zilzila sodir bo‘lgandi.Indoneziya “Olov halqasi”da joylashgani sababli tez-tez zilzilalar, vulqon otilishi va sunamilardan aziyat chekadi. Bu Tinch okeanini o‘rab turgan 40 ming kilometr uzunlikdagi vulqonlar va tektonik yoriqlar aylanasidir. Aynan “Olov halqasi”da sayyoradagi insoniyatga ma’lum bo‘lgan bir yarim mingga yaqin vulqonlarning deyarli 90 foizi joylashgan. Yer yuzidagi barcha zilzilalarning 90 foizi ku yerda sodir bo‘ladi.2022 yil fevral oyida Indoneziyaning G‘arbiy Sumatra shahrida sodir bo‘lgan 6,2 magnitudali zilzila oqibatida kamida 25 kishi halok bo‘ldi, 460 dan ortiq kishi jarohatlandi.2021 yil yanvar oyida Indoneziyaning G‘arbiy Sulavesi provinsiyasida sodir bo‘lgan 6,2 magnitudali zilzila oqibatida 100 dan ortiq odam halok bo‘lgan, 6500 ga yaqin kishi jarohatlangan edi.
indoneziya
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2022
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Chislo jertv zemletraseniya v Indonezii previsilo 250 chelovek
Sputnik O‘zbekiston
Chislo jertv zemletraseniya v Indonezii previsilo 250 chelovek
2022-11-22T19:54+0500
true
PT2M07S
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0b/16/30167675_80:0:560:360_1920x0_80_0_0_e858c298cd6b9c342291986757ba6945.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
indoneziya, zilzila, tabiiy ofat, qurbonlar, favqulodda holat, video, dunyoda
indoneziya, zilzila, tabiiy ofat, qurbonlar, favqulodda holat, video, dunyoda
Indoneziyada zilzila qurbonlari soni 250 nafardan oshib ketdi
19:54 22.11.2022 (yangilandi: 20:19 22.11.2022) Zilzila qurbonlari soni ortishda davom etapti. Ma’lumotlar muntazam yangilanyapti.
TOShKENT, 22 noya — Sputnik. Indoneziyaning Chianjur shahrida sodir bo‘lgan zilzila oqibatida halok bo‘lganlar soni 268 nafarga yetdi. Bu haqda “Detik” portali mamlakat tabiiy ofatlarni nazorat qilish xizmati rahbariga tayanib,
xabar berdi.
Tabiiy ofat oqibatida kamida 377 kishi jarohatlangan, 31 kishi bedarak yo‘qolgan. 2300 dan ortiq uy butunlay vayron bo‘lgan yoki jiddiy zarar ko‘rgan. Zilzilaning halokatli kuchi silkinish epimarkazining yuzaroqda joylashgani bilan bog‘liq. Bundan tashqari, zilzila kamida bitta qishloqni qamrab olgan ko‘chkini keltirib chiqardi.
“Biz hozirda 268 kishi vafot etganini bilamiz. Ma’lumotlar muntazam yangilanib boradi”, - dedi xizmat rahbari Suxaryanto bugun onlayn matbuot anjumanida.
Suxaryanto, shuningdek, 122 nafar qurbonning shaxsi aniqlanganini aytdi. Identifikatsiya jarayoni davom etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 21-noyabr kuni G‘arbiy Yava provinsiyasining Chianjur okrugining janubi-g‘arbiy qismida 5,6 magnitudali zilzila sodir bo‘lgandi.
Indoneziya “Olov halqasi”da joylashgani sababli tez-tez zilzilalar, vulqon otilishi va sunamilardan aziyat chekadi. Bu Tinch okeanini o‘rab turgan 40 ming kilometr uzunlikdagi vulqonlar va tektonik yoriqlar aylanasidir. Aynan “Olov halqasi”da sayyoradagi insoniyatga ma’lum bo‘lgan bir yarim mingga yaqin vulqonlarning deyarli 90 foizi joylashgan. Yer yuzidagi barcha zilzilalarning 90 foizi ku yerda sodir bo‘ladi.
2022 yil fevral oyida Indoneziyaning G‘arbiy Sumatra shahrida sodir bo‘lgan 6,2 magnitudali zilzila oqibatida kamida 25 kishi halok bo‘ldi, 460 dan ortiq kishi jarohatlandi.
2021 yil yanvar oyida Indoneziyaning G‘arbiy Sulavesi provinsiyasida sodir bo‘lgan 6,2 magnitudali zilzila oqibatida 100 dan ortiq odam halok bo‘lgan, 6500 ga yaqin kishi jarohatlangan edi.