Yerevanda Rossiyani qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan aksiya bo‘lib o‘tdi

Obuna bo‘lish
Aksiyada qatnashganlar “Abadiy Rossiya bilan”, “Rossiyaga qarshi provokatsiyalarga yo‘q deymiz!”, “Hamisha Rossiya bilan birga!” deb yozilgan plakatlarni ko‘tarib olishgandi.
Yerevanda Rossiya va Armaniston-Rossiya munosabatlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan aksiya bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Sputnik Armaniston xabar bermoqda.
Ta’kidlanishicha, Rossiya elchixonasi oldidagi tadbirni Armaniston Kommunistik partiyasi, Vatanparvarlar ittifoqi va Faxriylar ittifoqi tashkillashtirgan. Aksiyada qatnashganlar “Abadiy Rossiya bilan”, “Rossiyaga qarshi provokatsiyalarga yo‘q deymiz!”, “Hamisha Rossiya bilan birga!” deb yozilgan plakatlarni ko‘tarib olishgandi.
Armaniston Kommunistik partiyasi yetakchisi Yerdjanik Kazaran aksiya chog‘ida to‘planganlar AQShdan ham yoshi katta bo‘lgan Armaniston va Rossiya xalqlari do‘stligini qo‘llash uchun kelishganini ma’lum qildi.
U so‘nggi paytlarda Rossiyaga qarshi kayfiyat faollashgani va tegishli propaganda ishlari olib borilayotganini ta’kidladi.
“Biz barcha sohalarda – iqtisodiy, harbiy-siyosiy va boshqa – Armaniston-Rossiya munosabatlarini chuqurlashtirish tarafdorimiz”, - dedi Kazaran.
Yangiliklar lentasi
0