Iqtisod

Bishkekda YEOII davlat rahbarlari sammiti boʻlib oʻtadi

© Sputnik / Tabыldы KadыrbekovFlagi YEAES
Flagi YEAES - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.11.2022
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Qirgʻiziston poytaxtida 9 dekabr kuni Yevroosiyo Oliy iqtisodiy kengashi yigʻilishi boʻlib oʻtadi.
TOSHKENT, 22 noya — Sputnik. Joriy yilning 9 dekabr kuni Bishkekda Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga aʼzo davlatlar rahbarlari sammiti oʻtkaziladi.
Bu haqda Qirgʻiziston prezidenti matbuot xizmatining Sadir Japarov Qasim-Jomart Toqayevni Qozogʻistondagi navbatdan tashqari prezidentlik saylovlarida gʻalaba qozongani munosabati bilan tabriklagani haqidagi xabaridan maʼlum boʻldi.
Prezidentlar telefon orqali muloqot qilgan. Ular hamkorlik istiqbollari, mintaqaviy aloqalar, shuningdek, 9 dekabr kuni Bishkekda oʻtkazilishi rejalashtirilgan Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashi yigʻilishiga tayyorgarlik koʻrish masalalari muhokama qilindi.
Oʻzbekiston 2020 yil dekabr oyida YEOIIda kuzatuvchi davlat maqomini olgan edi. Ittifoq 2014 yilda Rossiya, Belarus va Qozogʻiston oʻrtasida tuzilgan shartnoma asosida tashkil etilgan xalqaro tashkilotdir. Bu ittifoqqa 2015 yilda Armaniston va Qirgʻiziston aʼzo boʻlgan, Moldova va Kuba kuzatuvchi maqomiga ega.
YEOIIning maqsadi — aʼzo davlatlar aholisining turmush darajasini yuksaltirish borasida barqaror rivojlanish uchun sharoitlar yaratish, tovarlar, xizmatlar, kapital va ish resurslarining yagona bozorini shakllantirishga harakat qilish, global iqtisodiyot sharoitida milliy iqtisodiyotlarning raqobatbardoshligini oshirish, har tomonlama modernizatsiyalash va oʻzaro kooperatsiyani rivojlantirishdan iborat.
Yangiliklar lentasi
0