https://oz.sputniknews.uz/20221122/anjey-duda-30164624.html
Anjey Duda Rossiya bilan urush boʻlishini xohlamasligini aytdi
Anjey Duda Rossiya bilan urush boʻlishini xohlamasligini aytdi
Men ruslarni ayblamayman, bu urush. Menimcha, bu urushda har ikki tomon bir-birini ayblaydi, deydi Duda. 22.11.2022, Sputnik Oʻzbekiston
2022-11-22T19:33+0500
2022-11-22T19:33+0500
2022-11-22T19:33+0500
dunyoda
polsha
anjey duda
rossiya
ukraina
urush
yevropa ittifoqi
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/08/1a/20245792_0:161:3071:1888_1920x0_80_0_0_2233beb15a2bb9ef8c9a761a5dee582c.jpg
TOSHKENT, 22 noya — Sputnik. Polsha mamlakat hududiga Ukraina raketasi qulagani uchun Rossiya bilan urush boʻlishini istamaydi. Bu haqda prezident Anjey Duda oʻzini Frantsiya prezidenti Emmanuel Makron deb tanishtirgan rossiyalik prankerlar Vovan va Leksus bilan bilan suhbatda maʼlum qildi.Dudaning soʻzlariga koʻra, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy sodir boʻlgan voqeada Rossiyani ayblamoqda.Bundan tashqari, Dudaning aytishicha, AQSH prezidenti Jo Bayden unga tergovda ishtirok etish uchun ekspertlarni yuborishga vaʼda bergan.Oʻtgan seshanba kuni Polsha OAVi Ukraina bilan chegaradagi Lyublinsk voyevodasiga ikkita raketa qulagani haqida xabar bergan edi. Hodisa oqibatida ikki kishi halok boʻlgan.AP agentligi maʼlumotlariga koʻra, bular Rossiya raketalarini tutib olish uchun uchirilgan Ukraina raketalari boʻlgan.Shu bilan birga, voqeadan soʻng darhol Polsha TIV Rossiyada ishlab chiqarilgan raketalar qulaganini maʼlum qilgan va Rossiya elchisi idoraga chaqirilgan. Shu bilan birga, prezident Anjey Duda hozircha aniq maʼlumot yoʻqligini taʼkidlagan. Voqeadan keyin Varshava asosiy shartnomaning toʻrtinchi moddasiga muvofiq NATO kengashini chaqirgan.Rossiya Mudofaa vazirligi harbiylar Ukraina-Polsha chegarasi hududidagi nishonlarga zarba bermaganini taʼkidlagan va Varshavaning Moskva ishtiroki haqidagi barcha bayonotlarini provokatsiya deb atagan.AQSH prezidenti Jo Baydenning G7 davlatlari yetakchilarining favqulodda yigʻilishi yakunlari boʻyicha soʻzlariga koʻra, dastlabki maʼlumotlar qulagan raketa Rossiya qoʻshinlari tomonidan uchirilganini tasdiqlamaydi.Chorshanba kuni Polsha prezidenti Anjey Duda ham raketalar Ukrainaga tegishli boʻlishi ehtimoli yuqori ekanligini tan olgan.
polsha
rossiya
ukraina
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2022
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/08/1a/20245792_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_53cbf4a968324fd88d16f9119552ba1d.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
polsha, anjey duda, rossiya, ukraina, urush, yevropa ittifoqi
polsha, anjey duda, rossiya, ukraina, urush, yevropa ittifoqi
Anjey Duda Rossiya bilan urush boʻlishini xohlamasligini aytdi
Men ruslarni ayblamayman, bu urush. Menimcha, bu urushda har ikki tomon bir-birini ayblaydi, deydi Duda.
TOSHKENT, 22 noya — Sputnik. Polsha mamlakat hududiga Ukraina raketasi qulagani uchun Rossiya bilan urush boʻlishini istamaydi. Bu haqda prezident Anjey Duda oʻzini Frantsiya prezidenti Emmanuel Makron deb tanishtirgan rossiyalik prankerlar Vovan va Leksus bilan bilan suhbatda maʼlum
qildi.
“Ishoning, men juda ehtiyotkorman. Men ruslarni ayblamayman, bu urush. Menimcha, urushda har ikki tomon bir-birini ayblaydi. Sizningcha, menga Rossiya bilan urush kerakmi? Yoʻq, men buni xohlamayman. Men Rossiya bilanu urushni xohlamayman va men juda ehtiyotkorman, ishoning, juda ehtiyotkorman”, dedi Duda.
Dudaning soʻzlariga koʻra, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy sodir boʻlgan voqeada Rossiyani ayblamoqda.
“Uning aytishicha, ular bu ruslar tomonidan uchirilgan Rossiya raketasi ekanligiga toʻliq ishonch hosil qilmoqda. Va u bu Ukraina raketasi boʻlishi mumkin emasligini aytdi. U dalillari borligini aytdi”, dedi prezident.
Bundan tashqari, Dudaning aytishicha, AQSH prezidenti Jo Bayden unga tergovda ishtirok etish uchun ekspertlarni yuborishga vaʼda bergan.
Oʻtgan seshanba kuni Polsha OAVi Ukraina bilan chegaradagi Lyublinsk voyevodasiga ikkita raketa qulagani haqida xabar bergan edi. Hodisa oqibatida ikki kishi halok boʻlgan.
AP agentligi maʼlumotlariga koʻra, bular Rossiya raketalarini tutib olish uchun uchirilgan Ukraina raketalari boʻlgan.
Shu bilan birga, voqeadan soʻng darhol Polsha TIV Rossiyada ishlab chiqarilgan raketalar qulaganini maʼlum qilgan va Rossiya elchisi idoraga chaqirilgan. Shu bilan birga, prezident Anjey Duda hozircha aniq maʼlumot yoʻqligini taʼkidlagan. Voqeadan keyin Varshava asosiy shartnomaning toʻrtinchi moddasiga muvofiq NATO kengashini chaqirgan.
Rossiya Mudofaa vazirligi harbiylar Ukraina-Polsha chegarasi hududidagi nishonlarga zarba bermaganini taʼkidlagan va Varshavaning Moskva ishtiroki haqidagi barcha bayonotlarini provokatsiya deb atagan.
AQSH prezidenti Jo Baydenning G7 davlatlari yetakchilarining favqulodda yigʻilishi yakunlari boʻyicha soʻzlariga koʻra, dastlabki maʼlumotlar qulagan raketa Rossiya qoʻshinlari tomonidan uchirilganini tasdiqlamaydi.
Chorshanba kuni Polsha prezidenti Anjey Duda ham raketalar Ukrainaga tegishli boʻlishi ehtimoli yuqori ekanligini tan olgan.